20−31-may kunlari Turkiyada “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasi o‘tkazildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. Unda 11 davlatdan 36 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbekiston merganlari turli shartlarda besh marta rekord natija qayd etishdi, deyiladi xabarda.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi, mezbon Turkiya ikkinchi, Bahrayn terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Video