Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi holatlarning oldini olish to‘g‘risidagi 27-maydagi farmoyishida so‘z borgan.

Qayd etilishicha, voqea 30-aprel kuni soat 07:00 atrofida tumandan o‘tuvchi A-380 avtomagistral yo‘lining 305-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Nexia avtomashinasini Xorazm-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotganida avtomobilning shinasi yorilib ketgan.

Oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etgan. 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hujjatda tuman YHXBga favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirish vazifalari topshirilgan.