10-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni Uzautotrans Service MCHJ amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.

Ma’lumot uchun, Toshkent-Cho‘ltonota xalqaro avtobus yo‘nalishi 2022-yilning iyunida ochilgan. Sayohat vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: +998 71 207−87−02, +998 94 131−99−99, +998 88 666−15−15.