Toshkent viloyati Olmaliq tumanida 4-iyun kuni qiz o‘zini 16-qavatdan tashlab halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 16:45 da shahar IIBga “Uvaysiy” MFYdagi ko‘p qavatli uyning tom qismidan sakrab o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan qizni qutqarish lozimligi haqida xabar kelib tushgan.

Shahar IIB va FVB vakillari hamda MFY raisi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va qiz bilan suhbatlashgan. Ammo olib borilgan muzokaralarga qaramasdan, u o‘z joniga qasd qilgan.

Mahalla raisi va shu ko‘p qavatli uy aholisining aytishicha, marhum ushbu ko‘p qavatli uyda yashamagan.

Hozirda shahar IIB tomonidan uning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.