Siyosat

dayjest

Mirziyoyev Putinga: “Hududlarga xalal bermay, yordam ko‘rsatilsa, natija juda yuqori bo‘ladi”

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildi. Mirziyoyev Putinga ilk tashriflaridan birida O‘zbekistonni tanlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Toshkentda o‘tadigan hududlararo birinchi forumda Rossiyaning 28 ta hududi rahbarlari qatnashadi.


dayjest

Foto: Ko‘ksaroy qarorgohida Rossiya prezidentini kutib olish marosimi bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.


dayjest

“Biz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”. Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonda kichik AES qurish haqida

Prezident kichik AES qurish loyihasini “hayotiy ahamiyatga ega” deb atadi. “Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, — dedi u.


dayjest

O‘zbekistonda Rossiyaning 2 ta oliygohi filiallari ochiladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallari ochilishi ma’lum bo‘ldi. Yetakchilar, shunindek, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlik haqida gaplashdi.


dayjest

O‘zbekiston va Rossiya kichik AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolaydi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “muhim kelishuv” imzolashini ma’lum qildi.


dayjest

Mirziyoyev va Putin tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish, gaz tashish tizimini modernizatsiyalash, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stansiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.


dayjest

“Biz hali bu masalada zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”. Shavkat Mirziyoyev — mehnat migratsiyasi haqida

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi. “Vladimir Vladimirovich ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali bu masalada har ikki tomondan zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Iqtisodiyot

dayjest

EastFruit: Minimal eksport narxlari — meva va sabzavotlar eksportiga berilgan navbatdagi zarba

EastFruit portali tahlilchilari sabzavot va mevalar eksportiga minimal narxlar joriy etilishi O‘zbekiston eksportiga zarar yetkazadi, deb hisoblamoqda. SSP rahbari buni tadbirkorlar eksport narxlarini pasaytirish orqali daromadlarini yashirishga urinayotgani bilan izohlagandi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonliklar maktab ta’limini qanday qilib o‘zgartirishi mumkin?

O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi.


dayjest

1-iyundan metanning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi

1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.


dayjest

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin. Kunduzi harorat +23…+33 daraja bo‘ladi, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.


dayjest

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi

Olmaliq shahrida mast holdagi haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmadi, mashina texnik shikastlandi.


dayjest

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Konimex tumanidagi tabiiy suv havzasida 5000 metrlik sintetik to‘r yordamida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlagani aniqlandi. Ta’kidlanishicha, ushbu harakat oqibatida tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazilgan.


dayjest

O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati va ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlar bo‘yicha Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. Undan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda foydalaniladi.


dayjest

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollarli kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.


dayjest

O‘zbekistonda yil oxirigacha Face ID orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

2024-yil yakuniga qadar fuqarolar shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi shart emas.


dayjest

O‘zbekiston va Rossiya kichik atom elektr stansiyalari qurilishida hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya nafaqat yuqori quvvatli AESni, balki kam quvvatli AESlarni (har biri 55 MVt quvvatga ega 6 tagacha energiya bloki) qurishda ham hamkorlik qilishi mumkin. Rossiya hukumati “Rosatom"ga 2018-yildagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol imzolashni topshirdi.


dayjest

Bo‘stonliqda Gentra qisqa tutashuv sabab yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Toshkent viloyatida ichida 22 yoshli haydovchi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan Gentra qisqa tutashuv sabab to‘liq yonib ketdi. Voqea joyida bo‘lganlar avtomobildan tushib qolgan, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan.


dayjest

Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limdagi talabalarga ajratiladi

Prezident budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.


Madaniyat

dayjest

Fotograf Mario Testinoning Italiyadagi ko‘rgazmasida O‘zbekistonda olingan suratlar namoyish etildi

Rimda mashhur moda fotografi Mario Testinoning ko‘rgazmasi ochildi. Undan O‘zbekistonda olingan, jumladan, qoraqalpoq, surxondaryolik va buxorolik kelinlar hamda kurashchining suratlari o‘rin olgan.


Sport

dayjest

O‘zbekistonlik o‘smirlar og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 12 ta medal oldi

Peru davlatida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi 12 ta medal oldi.


Jahon

dayjest

Gitanas Nauseda Litva prezidenti etib qayta saylandi

Litvada o‘tgan saylovda 74,43 foiz ovoz to‘plagan Gitanas Nauseda mamlakat prezidenti sifatida qayta saylandi.


dayjest

Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Papua-Yangi Gvineya shimolidagi ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda mamlakat rasmiylari. Hududdagi og‘ir sharoit va telekommunikatsiyalar yetishmovchiligi sababli ofat ko‘lamini aniqlash qiyin kechmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!