Italiyaning Rim shahridagi Bonapart saroyida taniqli moda fotografi Mario Testinoning “Go‘zal dunyo” ko‘rgazmasi ochildi. Unda, jumladan, O‘zbekistonda suratga olingan asarlar taqdim etilgan, deya xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Fotograf O‘zbekistonda ikki marta bo‘lgan. Ko‘rgazmadan qoraqalpog‘istonlik, surxondaryolik va buxorolik kelinlar, shuningdek, kurashchining suratlari o‘rin olgan.

гo‘zал dunyo, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, марио тестино

Loyiha Arthemisia kompaniyasi tomonidan DomusArtium bilan hamkorlikda Madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi, Art Partner va Generali ValoreCultura ko‘magida tayyorlandi hamda ishlab chiqildi.

“Ushbu loyiha yaratilgan lahzadan buyon men uni „Go‘zal dunyo“ deb atash zarurligini his etdim, chunki ilgari bo‘lmagan joylarda ko‘rkamlikning yangi turlarini kashf qildim. O‘z sayohatlarim davomida shuni angladimki, agar mamlakat o‘z tarixi va an’analari o‘rtasidagi rishtani yo‘qotsa, chinakamiga nimadir bebaho narsa yo‘qotiladi. O‘zbekiston o‘zining boy madaniy va tarixiy hikoyanavisligi bilan meni lol qoldirdi va bu jihatlar ko‘rgazma loyihamda o‘z aksini topgan”, — dedi Mario Testino.

гo‘zал dunyo, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, марио тестино

Tadbirning maxsus mehmoni O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov bo‘ldi. U sozandalar bilan birgalikda g‘ijjak, rubob va doirada an’anaviy o‘zbek milliy kuylarini ijro etdi.

Ko‘rgazma 25-avgustga qadar davom etadi.