Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Damas avtomashinasi kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Hodisa 26-may kuni soat 12:00 atrofida sodir bo‘lgan. 34 yoshli M.S. boshqaruvni yo‘qotib “Tanachi-Bo‘ka” kanaliga tushib ketgan. Mashinada haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.

YTH oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Damas texnik shikastlangan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruv vaqtida mast holda bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.