O‘tgan hafta yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va havoning salqinlashishidan so‘ng ushbu hafta davomida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet xizmati agentligi.

Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +23…+28 darajadan +28…+33 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat +35…+37 darajagacha isiydi.

27−29-may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12…+15 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +25…+28 darajadan +29…+32 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.