22−26-may kunlari Peru davlatining Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazildi. Musobaqani o‘zbekistonlik yosh atletlar 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza — jami 12 ta medal bilan yakunladi. Bu natija bilan dunyoning 50 ga yaqin davlati orasida umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi.

Sovrindorlar:

Marjona Abdumutalova
Dast ko‘tarish: 82 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 100 kg (kumush)
Ikkikurash: 182 kg (bronza)

Ruslan Rahmatjonov
Dast ko‘tarish: 139 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 172 kg (oltin)
Ikkikurash: 311 kg (oltin)

Bekzod G‘ofirjonov
Dast ko‘tarish: 141 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 183 kg (kumush)
Ikkikurash: 324 kg (bronza)

Omadillo Olimov
Dast ko‘tarish: 150 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 195 kg (kumush)
Ikkikurash: 345 kg (kumush).