27-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Shundan so‘ng davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar, deyiladi xabarda.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Ulardan so‘ng ikki davlat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Foto

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев

владимир путин, шавкат мирзиёев