Siyosat

dayjest

Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi — Rossiya prezidenti yordamchisi

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘lishini ma’lum qildi. Tomonlar bir nechta qo‘shma hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.


Iqtisodiyot

dayjest

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi

28-maydan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


dayjest

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


Jamiyat

dayjest

Toshkent — YTHlardagi o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda birinchilardan. Muammoni qanday hal etishmoqchi?

Toshkent yo‘llaridagi o‘lim darajasi butun dunyoda ham eng yuqorilaridan hisoblanadi. YHXB statistikasi haqiqiy kartinani ko‘rsatmasligi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash uchun hokimlik huzuridagi “Tashkent Invest” kompaniyasi choralar dasturini ishlab chiqqan. “Gazeta.uz” muammolar va yechimlar haqida hikoya qiladi.


dayjest

Yandex Go Termiz shahrida ish boshladi

Yandex Go Surxondaryoning Termiz shahrida ish boshladi. “Bu yerda avval bu kabi onlayn xizmatlar mavjud emas edi”, — deydi Yandex Taxi`ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori.


dayjest

Samarqandlik erkak prezidentni internetda haqoratlagani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi

Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.


dayjest

Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto)

2024-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi. Tirbandlikni yuzaga keltirmaslik uchun ziyoratchilarning yaqinlaridan aeroportga kelmasdan, masjidlardan kuzatib qo‘yish so‘raldi. Foto.


dayjest

Qashqadaryoda KamAZ piyodalar o‘tish joyida urib yuborgan 2-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Ko‘kdala tumanida yuqori tezlikdagi KamAZ piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, haydovchi qamoqqa olindi.


dayjest

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi

DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari"ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.


dayjest

Toshkentda Navro‘z bog‘i yaqinidagi ko‘prik uch kunga transport harakati uchun yopildi

Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 25-maygacha transport harakati uchun yopildi.


dayjest

O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytiriladi. Shu bilan charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.


dayjest

Surxondaryodagi ikkita arxeologik yodgorlikka 227 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Surxondaryodagi qadimiy “Hayvontepa” va “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorliklarining ayrim qismlari buzib yuborilishi oqibatida 227,4 mlrd so‘m zarar yetdi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.


dayjest

Moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda

BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.


Sport

dayjest

Oksana Chusovitina jarohati sababli Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmaydi

48 yoshli badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina Osiyo chempionati oldidan olgan jarohati sababli Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu turnir uning faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyat edi.


dayjest

O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining logotipi taqdim etildi

O‘zbekistonda 14-sentabrdan 6-oktabrgacha o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi e’lon qilindi. U o‘zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. Rasmiy brend Registon maydonida 26-may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi.


dayjest

O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

Kelasi yilda O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi kerak, deyiladi prezidentga olib kirilgan taqdimotda. U hozirda qurilayotgan Olimpiya shaharchasida joylashadi. Shuningdek, barcha hududlarda kurash mahorat maktablari ochiladi.


Jahon

dayjest

Rishi Sunak Buyuk Britaniyada parlament saylovlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

Buyuk Britaniyada umumiy (parlament) saylovlar 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Rishi Sunak qirol Charlz III parlamentni tarqatib yuborishni ma’qullaganini ma’lum qildi.


dayjest

Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi uch tomonlama sammitni o‘tkazadi

Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish maqsadida to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor uch tomonlama sammitni o‘tkazadi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!