23-may kuni “Haj-2024” dasturi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 1:40 da jo‘nab ketdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi va 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshiriladi.

7-iyungacha O‘zbekistonning 10 ta shahridan (Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus, Urganch) Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil Haj safariga eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan — 24 ta reysda 5830 yo‘lovchi boradi.

Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Qarshi va Termizdan 3 tadan, Urganch va Navoiydan 2 ta va 1 ta reys Nukusdan amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi. Jiddadan O‘zbekiston shaharlariga qaytuvchi parvozlar esa 22-iyundan 12-iyulgacha bajarilishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va o‘z yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi”, — deya eslatdi Uzbekistan Airports.

Ta’kidlanishicha, ziyoratchilar aeroportga tartibli ravishda maxsus avtobuslarda yetib keladi, ro‘yxatdan o‘tgach, yetarlicha o‘rindiqlar o‘rnatilgan jo‘nab ketish zonasiga yo‘l oladi. Samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar taklif etiladi.

Foto

Uzbekistan Airports:

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

Uzbekistan Airways:

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

O‘zbekiston musulmonlari idorasi:

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024

ҳаж-2024