Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik 25-maygacha (shu kuni ham) transport harakati uchun yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Axborot xizmatining qayd etishicha, ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga ish vaqtida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.