O‘zbekistondagi eng qimmat mobil raqam qariyb 85 ming dollarga sotildi
“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.
Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi
Migratsiya agentligi Moskvadagi terakt fonida Rossiyaga borayotgan va u yerda yashayotgan o‘zbekistonliklardan kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘radi. Agentlik, shuningdek, “Gazeta.uz"ga “O‘zbekistonliklarga patent bermayapti, chiqarib yuboryapti, degan gaplarning ko‘pi rost emas"ligini bildirdi.
6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
28-martdan 2-aprelgacha O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shuningdek, 27−31-martda tog‘oldi va tog‘li joylarda sel-suv toshqini ham yuzaga kelishi mumkin.
1-iyuldan maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatish boshlanadi
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘rt va undan yuqori tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylari, maktablar yaqini va boshqa joylarda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralarni o‘rnatish boshlanadi. Hukumat avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish tartibi va talablarini tasdiqladi.
“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida
Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.
AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”
“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi.
Nima uchun yoshlarning saratonga chalinishi ko‘paydi? — Nature
Dunyo bo‘ylab yoshlar saratonga chalinish ehtimoli ko‘paymoqda va 2030-yilga kelib erta onkologiya holatlari yana 30 foizga oshishi kutilmoqda. Olimlar bu tendensiyani hali tushuntirib bera olmaydi va eng ehtimoliy omillar — semirish va saraton kasalligining erta skriningi to‘liq tasvirni ochib berolmaydi.
Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi
Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.
O‘zbekiston yil boshidan beri 166,7 mln dollarga gaz import qildi, Xitoyga 57,3 mln dollarlik gaz sotdi
2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.
Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi
Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.
Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi
IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.
Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda
Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus"da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.
Andijonda 8 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurish reja qilinmoqda
Andijon shahrida qiymati 8 mlrd 215 mln so‘m bo‘lgan yerosti o‘tish yo‘li qurilishi reja qilinmoqda. Ayni paytda Xo‘jaobod tumanida ham 4,9 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurilyapti.
160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmadi, ularning 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan — Migratsiya agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.
Toshkentda fuqarolarning 6,1 mlrd so‘mini aldab olgan avtosalon egalari qamaldi
Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan avtosalon egalari 8−9 yilgacha qamaldi. Ular xaridorlarni qabul qilishda GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzgani va mashinalarni 3 oyda avtosalondan chiqarib berishini aytgan.
Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.
Xorazm viloyati hokimi bokschi Isroil Madrimovga 2 xonali uy sovg‘a qildi (video)
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.
Surxondaryoda arxeologik yodgorlik molxona qurish uchun buzib tashlangani aniqlandi
Uchta hududda arxeologik yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Xususan, V-VII asrlarga oid Kattatepa yodgorligi molxona qurish uchun buzilgan, Badaxshontepa obyekti ekin maydoniga aylantirilgan va Tolmozortepa texnika yordamida tekislab yuborilgan.
Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Italiyada 16−17-aprel kunlari “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki bo‘lim — Venetsiyada “Shakl va ramz” hamda Florensiyada “Nur va rang” nomi bilan bo‘lib o‘tadi. Ularda XX asr birinchi yarmiga oid 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari taqdim qilinadi.
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Transport vazirligi ochiq tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning intellektual tizimi joriy etiladi.
Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.
29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi.