Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari: Maktab darsliklari qani?

So‘nggi haftalarda tarmoqlarda ota-onalar va o‘qituvchilar maktablarda darsliklar yetishmayotgani, shu bois ularni o‘zlari chop etib olayotganini yozmoqda. Darslikni qo‘lga kiritganlar esa bolalar uchun juda qiyin va javobsiz vazifalarni tanqid qilishyapti. Maktab ta’limi vazirligi esa sukut saqlamoqda.

“Sizlarni O‘zbekistonda kutib qolamiz”. Mirziyoyev AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

AQShga borgan Shavkat Mirziyoyev u yerdagi bir guruh vatandoshlar hamda “El-yurt umidi” stipendiatlari bilan uchrashdi. Unda xorijda o‘zbek tili kurslarini ochishga ko‘maklashish, vatandoshlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini ziyorat qilishi uchun maxsus turizm xizmatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgani aytildi.

Gaz va issiqlik ta’minotining arzon tariflarini qoplash uchun davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Ayrim xizmatlar uchun tariflarni pasaytirish sabab yetkazilgan zararni qoplash maqsadida davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Issiqlik ta’minoti korxonalari 901,9 mlrd so‘m oldi, buning 92 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Gaz narxidagi farqni qoplash uchun 8,8 trln so‘m ajratildi.

Turkiyadagi zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylar O‘zbekistonga keldi

Fevral oyida Turkiyada ro‘y bergan zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylarning 30 nafari O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta davomida mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi. Bu tashabbus Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ilgari surilgandi.

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi. IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat ham kiritilgan.

UzAuto Motors 4 ta model uchun kontraktatsiyani 3 soat ichida yopdi. Bu oraliqda 28 000 ta shartnoma tuzildi

UzAuto Motors 18-sentabr kuni Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochdi. Oradan 3 soat o‘tib, kompaniya avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzilgani, 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanganini xabar qildi.

Air Products (AQSh) O‘zbekistondagi loyihalarga 10 mlrd dollar sarmoya kiritadi

AQShning Air Products kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 10 mlrd dollardan ortiq yangi investitsiya dasturini amalga oshiradi. Kelishuv Shavkat Mirziyoyev va kompaniya rahbari Seyfi Gasemi o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida imzolandi. Prezident uni orden bilan taqdirladi.

MB raisi — to‘lov xizmatlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari cheklangani sabablari haqida

To‘lov tizimlari mijozlar nomidan konvertatsiya bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirib, buni eksport tushumi sifatida ko‘rsata boshladi, dedi Markaziy bank raisi. Ular, shuningdek, pulni jo‘natuvchi va oluvchilar kim ekanini aniqlashtirmadi, shu sababli cheklovlar kiritish kerak bo‘ldi, deya qayd etdi u.

Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kreditlar MB asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori stavkada ajratiladi

Prezident qarori bilan 2024-yildan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilandi. Hozirda bunday kreditlar asosiy stavka darajasida ajratib kelinmoqda.

Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi

Yozyovon tumanida to‘y korteji uyushtirib, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi.

Farg‘onada tilanchilik qilayotgan bolali ayolni tepgan PPX xodimi ishdan olindi

Farg‘ona shahrida farzandi bilan tilanchilik qilayotgan ayolni tepib, mashinaga o‘tirishga majburlagan PPX xodimi ishdan bo‘shatildi. Viloyat IIB ayol “faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan”ini bildirdi.

O‘zbekiston va Yevrokengash prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish, savdo va sarmoya hajmini oshirish, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

O‘zbekistonda Amerika texnologiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Amerika texnologiya universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. Uni tashkil etish masalalari Nyu-Yorkda prezident Shavkat Mirziyoyev va Cintana ta’lim kompaniyasi asoschisi Duglas Bekker tomonidan muhokama qilindi.

Prezident AQSh biznesini O‘zbekistonda kengaytirish rejalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va GE Healthcare, Oppenheimer, Cerberus, CNH va Cintana kabi qator yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. AQSh biznesining O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha “aniq rejalar” tuzildi.

O‘zbekiston hukumati hokimiyatlarga kommunal xizmatlar tariflarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi

Vazirlar Mahkamasi hokimiyatlarga issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, shuningdek, shahar yo‘lovchi transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Iqtisodingiz har bir fuqaro ishtirok etsagina o‘sishi mumkin — Anjali Kaur

USAID`ning O‘zbekistondagi maqsadlari qanday? Agentlik mamlakatda qaysi sohalarda ish olib boryapti? Nima uchun barcha bolalar yaxshi o‘qituvchilari va o‘quv dasturi bor maktabda o‘qishi muhim? “Gazeta.uz” USAID administratorining Osiyo byurosi yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur bilan shular haqda suhbatlashdi.