Toshkent shahri markazida joylashgan sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosini buzish boshlandi. So‘nggi oylarda uni buzishga tayyorgarlik ko‘rildi — binoning derazalari olib tashlandi, ichki inshootlar demontaj qilindi.

Bino 1950-yillarda qurilgan. Dastlab Ichki ishlar vazirligining markaziy shahar poliklinikasi, keyin O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi binosi, so‘ngra Milliy xavfsizlik xizmati binosi bo‘lgan. 2018-yilda MXX Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilib, yangi joyga ko‘chirilgan.

“Gazeta.uz” 2020-yilning oktabr oyida prezident 15 ta davlat obyektini, jumladan, sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosini xususiy sektorga sotish to‘g‘risidagi qarorni imzolagani haqida yozgandi. 2021-yil iyun oyida O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov ta’sischiligidagi Metropol Group kompaniyasi binoni 210 mlrd so‘mga xususiylashtirgan.

2023-yilning bahorida Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan mazkur bino o‘rnida 22 qavatli mehmonxona qurish bo‘yicha bitim imzolagani ma’lum bo‘ldi. Uning ochilishi 2026-yilga mo‘ljallangan.

Bino 2021-yilning yoziga qadar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatida bo‘lgan.

Foto

sobiq дхх binosi

Manba: Tashkent Retrospective loyihasi.

sobiq дхх binosi

Manba: Facebook`dagi “Tashkent stroitsya” guruhi.

sobiq дхх binosi

2023-yil mart. Foto: Viktoriya Abduraximova / “Gazeta.uz”.

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

2023-yil aprel. Foto: Azamat Atadjanov / “Gazeta.uz”.

sobiq дхх binosi

2023-yil may. Foto: Viktoriya Abduraximova / “Gazeta.uz”.

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

2023-yil iyul. Foto: Mirolim Isajonov / “Gazeta.uz”.

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi

sobiq дхх binosi