Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat ko‘tarilishi davom etadi. Havo kunduzi +33 darajagacha, cho‘l hududlarda va janubda +37 darajagacha isiydi.

“Tanamga mix qoqmang”. Ekobloger o‘zbekistonliklarni daraxtlarga ozor bermaslikka chaqirmoqda. Foto

Ekobloger “O‘rikguli” daraxtlarga ozor bermaslikka chorlovchi plakatlar suratini tarmoqlarga joyladi. U “Gazeta.uz” bilan suhbatda bundan maqsad ko‘chalarga hadeb archa emas, hududga mos keladigan daraxtlarni ekish, ularning ostini betonlamasdan, tagida ham jon borligini tushuntirish ekani haqida gapirdi.

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Deputatlar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u ushbu lavozimga tasdiqlandi. 2022-yil oxirida Baxtiyor Saidov TIV v.b. etib tayinlangandi.

Surxondaryoda nikohidagi xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi

Sherobod tumanida erkak shar’iy nikohdagi ayolini mast holida farzandining ko‘z o‘ngida kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak avval ham qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etgani sababli xavfli retsidivist deb topildi.

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi

Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Endi Toshkentdagi yerusti metrosida “Quruvchilar” massivigacha borish mumkin

Yerusti halqa metro yo‘lining “Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta yangi stansiyada yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.

Hududlarda harbiy xizmatchilar qasamyod keltirdi (foto)

Yakshanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod keltirish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Markaz ishlab chiqqan va tasdiqlagan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslari uchun majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Renault avtomobillarini ishlab chiqarishni qayta tiklash imkoniyatlarini muhokama qilmoqda — elchi

Fransiyaning Renault rusumli avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘ish Rossiya va boshqa davlatlardan yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘xtatildi, dedi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustambayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “uzilgan ta’minot zanjirlarini tiklash” muhokama qilinmoqda.

“AvtoVAZ” yangi Lada Vesta avtomobilini O‘zbekistonda yig‘ish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

“AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov kompaniya yangi avlod Lada Vesta avtomobillarini yig‘ishni tiklash va O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish rejalarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

ACWA OTB ko‘magida Buxoroda 2 ta shamol elektr stansiyasini quradi

Osiyo taraqqiyot banki va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 mln dollarlik kreditlarni imzoladi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkent ramzlariga chizgilar: Sayilgoh ko‘chasidagi rassomlar

Toshkentga yo‘li tushib, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyobonini ko‘rmoqchi bo‘lganlar Sayilgoh ko‘chasiga ham yo‘l solishi tayin. Aynan shu yerda poytaxt hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan — rassomlar faoliyat yuritib kelmoqda. “Gazeta.uz” bir umrlik xotiralarni tuhfa qiluvchilar haqida hikoya qiladi.

Kolumnist: O‘zgarishsiz o‘zgarishlar

Tahlilchi Karen Srapionovning fikricha, banklarning minimal kapitalini oshirish bozorni konsolidatsiya qilish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va bu bank tizimi manfaatlariga unchalik ham mos kelavermaydi. U o‘z kolonkasida qonun loyihasini hali ham qayta ko‘rib chiqish mumkinligiga umid bildirdi.