O‘zbekistonda 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan esa davlat xodimlari oyliklari oshadi

O‘zbekiston prezidenti 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan boshlab esa davlat xizmatchilarining ish haqi va bazaviy hisoblash miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. O‘sish o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi.

Poytaxtga vaqtincha hokim bo‘lgan Baxtiyor Rahmonov o‘rinbosarlikka qaytdi

Vaqtincha poytaxt hokimi bo‘lgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval ham hokim o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistonda issiqxona pomidori narxi qimmatlashishda davom etmoqda — EastFruit

O‘zbekistonda o‘tgan haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga va o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2 baravarga oshdi. Avvalroq mahsulot narxining oshishiga yanvar oyidagi anomal sovuq sabab sifatida ko‘rsatilgandi.

YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. YeIning Toshkentdagi delegatsiyasi «Gazeta.uz»ga tashrif aprel oyi oxirida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonga Ispaniyadan 800 mingdan ortiq doza Pfizer vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida Ispaniyadan koronavirusga qarshi yana 800 640 doza Pfizer vaksinasini qabul qilib oldi.

Adliya vazirligi qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklifni rad etdi

2022 yilda DTM tomonidan qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklif kiritilgandi. Adliya vazirligi bu taklifni «inson huquqlariga to‘g‘ri kelmagani» uchun rad etgan.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘ini qaytarishni buyurdi

Tadbirkorlarning soliq idoralari o‘z hisobvaraqlaridan foyda solig‘ini noqonuniniy ravishda ushlab qolayotgani haqidagi shikoyatlaridan so‘ng Soliq qo‘mitasi bu uchun mas’ul rahbarlarni ishdan bo‘shatib, korxonaga ortiqcha undirilgan avans to‘lovlarini tadbirkorlik subyektlariga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ikki oyda qariyb uch barobarga oshdi

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi qariyb uch barobarga oshib, 871 ming kishini tashkil etdi. Ularning 90 foizdan ortig‘i Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.

Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Endilikda tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga nisbatan BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanadi.

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonda gaz portlashi sababli er-xotin va ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi 50−60 foiz kuyish jarohatini oldi. Bemorlarning barchasi shifoxonada vafot etdi.

Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi

Tarmoqlarda Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari topilgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura bir necha yil avval mahalla qabristoni suv ostida qolib ketgani va hozir suv sathi pasaygani uchun suyaklar yuzaga chiqib qolganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi. Shuningdek, yuqori texnologik va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimi joriy qilinadi.

Navoiyda FVV xodimi 700 mln so‘mga yer sotayotganda ushlangani aytilmoqda

Nurota tumani FVV xodimi fermer xo‘jaligi rahbari bilan birga 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, fuqarodan pulning 700 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shunday noqonuniy holat Andijon va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.

Buxorodagi uch kishi qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan

Buxorodagi «Somoniylar» istirohat bog‘ida uch kishi, jumladan, yosh bola qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda shox-shabbalar yoqilishi oqibatida terak butalariga zarar yetdi

Xo‘jayli tumanida fuqaro shox-shabba va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida terak butalari zararlandi. Unga nisbatan 1,5 mln so‘m jarima va tabiatga keltirgan zararni qoplash uchun 1,8 mln so‘m da’vo hisoblandi.

Termiz aeroportining xavfsizlik texnologiyalari Germaniya hisobidan yangilandi

Germaniya Qurolli Kuchlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini yangilash uchun 1 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi.

Adliya vaziri O‘zbekistonda p2p o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqa joriy etish to‘g‘risida izoh berdi

1 maydan boshlab to‘lov tashkilotlari jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqalarni rasmiylashtirishi kerak. Adliya ekspertizasi vaqtida qaror loyihasida bu band bo‘lmagan. Adliya vaziri Akbar Toshqulov vaziyatga izoh berdi.

Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan Hi-tech bank bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Nega Toshkentga intilamiz?

Nega ko‘pchiligimiz Toshkentga oshiqamiz? O‘qish, ish, turli-tuman imkoniyatdan tashqari boshqa sababi ham bormi? «Gazeta.uz» shu savollarga javobni O‘zbekistonning turli hududlarida tug‘ilib-o‘sib, yashash va ish joyi sifatida poytaxtni tanlagan bir nechta kasb egalaridan so‘radi.