Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan ham tanishdi.

Rasman: Eldor Shomurodov «Spetsiya» futbol klubiga o‘tdi

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ijara asosida «Spetsiya» klubiga o‘tdi. Rimliklar transferdan 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi

Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.

Mustaqil komissiya HRWning Nukus voqealari bo‘yicha hisobotiga munosabat bildirdi

Inson huquqlari bo‘yicha Human Rights Watch tashkilotining 2022 yilgi hisobotida Nukus voqealarida haddan tashqari kuch ishlatilgani, ko‘plab fuqarolar og‘ir jarohat olgani va ba’zilari vafot etgani aytilgan, shuningdek, parlament komissiyasi mustaqilligi shubha ostiga olingan. Komissiya HRWga javob qaytardi.

Uzbekistan Airways bahordan Milan va Parijga aviaqatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda hafta davomida iliq, biroq yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

1 fevraldan O‘zbekistonga O‘rta dengiz hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Harorat hafta davomida kechalari −1…+4 darajani, kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi

O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.

O‘zbekiston Rossiyadan AI-80 benzinini import qilishni boshladi

28 yanvardan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG Petro AYOQSHlarida Rossiyaning AI-80 benzini sotuvi boshlandi. RFda bunday yoqilg‘i tadbirkorlarning maxsus buyurtmasi bilan ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonda 2022 yilda o‘rtacha nominal ish haqi 3,89 mln so‘mgacha o‘sdi

Respublikada 2022 yilda o‘rtacha nominal oylik ish haqi 21,1 foizga oshib, 3,89 million so‘mni tashkil qildi. Hududlar orasida Toshkent, faoliyat turi bo‘yicha — bank sohasi yetakchilikni saqlab qoldi. Shu bilan birga, poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi bo‘yicha farq oshishda davom etmoqda.

Nukusda ikki nafar bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlandi, biri vafot etdi

Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.

Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi

Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda

O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi guruhlar davlat chegaralarining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, chegaralarning alohida uchastkalarida dala o‘rganish ishlari ham o‘tkazildi.

Navoiyda kamyob qirg‘ovulni ovlagan brakoner jarimaga tortildi

Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovulini ovlagan brakoner aniqlandi. Undan 3,6 mln miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga solindi.

Surxondaryoda 46 nafar afg‘onistonlik haydovchilikka o‘qitildi

Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Boeing`dagi ilk parvozdan oldin biz bilan suhbatlashib o‘tirgani kechagidek esimda». Islom Karimovning 17 yillik uchuvchisi bilan suhbat

O‘zbekistonning birinchi prezidenti yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga qanday samolyotlarda uchardi? Viloyatlarga-chi? Favqulodda, og‘ir qo‘nishlardan so‘ng u o‘z uchuvchilariga nimalar derdi? Umuman, Islom Karimov qanday inson edi o‘zi? Bu haqda uning uchuvchisi Erkin Gulyamov gapirib berdi.

«Qachon ketish kerakligini biladigan yetakchi». Charchagani uchun iste’foga chiqqan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern haqida

19 yanvar kuni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatni boshqarishga kuch topa olmayotgani, iste’foga chiqmoqchi ekanligini e’lon qildi. Ushbu maqolada bosh vazirning faoliyati, qabul qilgan qarorlari haqida bayon etamiz.