O‘zbekistonda chiqindilar gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan majmua qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida «Ohangaron» va «Maydontol» poligonlaridan chiqadigan gazni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi boshlandi. Chiqindi gazlaridan elektr toki ishlab chiqarish loyihasi Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Human.uz sayti direktori va bosh muharriri «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani xabar qilindi

Human.uz sayti nashr direktori Xurshid Daliyev va bosh muharrir Muslim Mirzajonov «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu OAV ofisiga bostirib kirilgani va tintuv o‘tkazilgani haqida xabar qilindi.

Xurshid Daliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — DXX

Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi

Toshkent shahar Kengashi poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

Abdumavlon Qosimov Toshkent shahri deputati lavozimini muddatidan oldin tark etdi

Toshkent shahri kengashi Abdumavlon Qosimovning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U kengash kotibiyati rahbari sifatida ishlagan hamda faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar ishini nazorat qilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.

«Qirg‘iziston — eng yaqin qo‘shni va vaqt sinovidan o‘tgan do‘st» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekdagi uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz chegarasi delimitatsiyasi yakunlanganini tarixiy voqea deb atadi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy qarama-qarshilik hamda muammoli masalalar yo‘qligi ta’kidlandi.

«O‘zkimyosanoat» shina zavodining 80 mln dollarga sotilganini asoslab berdi

«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi Angrendagi «Birinchi rezinotexnika zavodi» davlat ulushini Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga 80 mln dollarga sotganini ma’lum qildi. Aktivning kam qiymatda ekani xaridor tomonidan qoplanadigan 153 mln dollarlik kredit majburiyatlari hamda mavjud qarzdorlik bilan izohlandi.

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda

Tarmoqlarda Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat FVB yemirilish oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.

Toshkent viloyatidan poytaxtga ekspress avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Parkent shahridan «Mashinasozlar» metro bekatigacha ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lkira narxi 6000 so‘m bo‘lib, qatnov davomida avtobus faqat Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

2022 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi

2022 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58,6 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Shundan, 56,5 ming nafari sudlangan, 1010 nafari oqlangan va reabilitatsiya qilingan. Asosan firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi

Qoraqalpog‘istonning «Borsakelmes» qo‘riqxonasida «Qizil kitob»ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonerlar qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.

O‘zbekistonda sovuq ob-havo ta’siri kuchsizlanishda davom etadi

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari −3…−12 daraja, kunduzi +2…+10 darajagacha bo‘ladi.

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd so‘m xayriya qildi

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.

Toshkentda bir yilda 136 kishi YTH oqibatida vafot etdi

Poytaxtda 2022 yilda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan. O‘tgan yilda YTHlar soni 2021 yilga ko‘ra (1073) ko‘paygan.

Tashkent Index`dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — vazirlik

Sovuq havo haroratida yetarli sharoitga ega emasligi uchun Tashkent Index`dagi talabalar ayrim OTMlar tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilmoqda. Oliy ta’lim vazirligi ushbu jarayon noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirib, hech kim majburan chiqarib yuborilmasligini ma’lum qildi.

Ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan andijonlik erkak ushlandi

Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Qizlarimizga yoshligidan o‘zini hurmat qilishni o‘rgatish shart» — Avstraliya universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova

Xalqaro huquqshunos, Avstraliyadagi Griffit universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova o‘zbek xotin-qizlari ilm-fanda ham mashhur olima bo‘lishiga ishonadi. U buning uchun nimalar qilish kerakligi, qaysi yo‘llardan yurish zarurligi, O‘zbekistonda bunga nimalar xalal berayotgani haqida so‘zlab berdi.