Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi

O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Andijonda ayiq zoopark xodimini tishlab o‘ldirdi

Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.

Poytaxt IIBB: «Fatzorb» ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari belgilangan tartibda laboratoriya sinovidan o‘tmagan — DXX

«Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mas’ullari «Dok-1 Maks» va «Amboronol» dorilarini tartib bo‘yicha laboratoriya sinovidan o‘tkazmagani aniqlandi. Oqibatda sifatsiz dori sotuvga chiqqan. Hozirda «Quramax Medisal» va ilmiy markazning jami 4 xodimi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi.

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi

Chilonzor tumanida mijoz talashgan makler hamkasbini noma’lum jism bilan jarohatladi. Oqibatda jabrlanuvchi qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Tadbirkor Baxtiyor Fazilovning ukasi prezident Administratsiyasiga ishga ketdi

Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Departamentining sobiq rahbari, tadbirkor Baxtiyor Fazilovning ukasi Azamat Fazilov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi etib tayinlandi.

Yotoqxonaga ta’til tugashidan oldin kelgan talabalarga sharoit yaratiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishki ta’til uzaytirilishidan oldin OTM yotoqxonalariga kelgan talabalarga uzaytirilgan ta’tilni ota-onalari bilan o‘tkazishni tavsiya qildi. Qaytishga imkoniyati bo‘lmaganlarga esa yotoqxonada sharoit yaratilishi mumkinligi aytildi.

19,5 mlrd so‘mga 5 ta davlat qo‘riqxonasining boshqaruv tizimi yaxshilanadi" — Tabiat resurslari vazirligi

2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida Qambarota-1 GES qurilishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi

Bishkekda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirlari Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. GES Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashi hamda mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishi kutilmoqda.

Surxondaryodagi YTH oqibatida 1 yoshli bola va uning onasi vafot etdi

Uzun tumanida «VAZ 21011» avtomobili «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘lovchi ayol va uning 2022 yil tug‘ilgan bolasi vafot etdi.

Jizzaxdagi koloniyadan qochgan 2 mahkum Qirg‘iziston bilan chegarada qo‘lga olindi

Zafarobod tumanidagi 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan qochgan ikki mahkum bir kundan keyin Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

«Yuksalish» harakati anomal sovuqda masofaviy ishlashga o‘tishga chaqirdi

«Yuksalish» harakati davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarni anomal sovuq kunlarda, agar xodimlarning ish joyida bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmasa, uydan ishlashiga ruxsat berishga, jamoat transportining uzluksiz harakatini ta’minlashga chaqirdi.

O‘zbekistonda bemorlar shifoxonalarda o‘rtacha 6 kun davolanmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Kegeyli tumanida Cobalt va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchilardan biri vafot etdi. Ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

Qozog‘iston bosh prokurori: yanvar voqealarida O‘zbekiston fuqarolari ham qatnashgan

Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘yicha jinoyat ishida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Oldin ham Qozog‘iston bosh prokuraturasi voqea sababli ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingani haqida xabar bergandi.

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 6 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 345 so‘m.