Hafta davomida sovuq ob-havo kuzatiladi

Seshanba kunidan O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi to‘xtaydi, ammo sovuq ob-havo butun hafta davomida saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja, kechasi −3…−8, shimolda ba’zi joylarda −20 darajagacha bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

Hududlarda harakatlanish tezligini cheklash bo‘yicha yakuniy qaror dekabrda qabul qilinadi — YHXX boshlig‘i

IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov «Gazeta.uz»ga hududlarda ruxsat etilgan harakatlanish tezligini pasaytirish masalasi dekabr oyida uzil-kesil hal bo‘lishini ma’lum qildi. Mamlakatning barcha hududlarida tezlikni pasaytirish bo‘yicha kengashlar qarorlari Respublika komissiyasiga taqdim etildi.

O‘zbekistonda 14 ming iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi, 79 minggida esa bosim pasaydi

4 dekabrda havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi ortidan 14 ming iste’molchi gazsiz qoldi, 516 ta mahallada esa gaz bosimining pasayishi kuzatildi. «Hududgazta’minot» aholini gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqayotganda isitish moslamalari haroratini pasaytirishni iltimos qildi.

Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopiladi

Havo keskin pasayishi ortidan shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Kommunal xizmatlar gaz zaxirasini barcha iste’molchilarga teng taqsimlashga urinmoqda, biroq resurslar yetishmayapti. Shu bois gaz «zapravka»lar vaqtincha yopiladi, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat

Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 6−8 dekabr kunlari yog‘ingarchilik hamda o‘zgaruvchan ob-havo sababli respublikaning 6 ta viloyatidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi borligini e’lon qildi.

Xo‘jakent tog‘larida sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan sayyohga yordam ko‘rsatildi

FFV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi Xo‘jakent tog‘larida 1700 metr balandlikda ahvoli yomonlashib qolgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston yil boshidan buyon 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi

10 oy davomida O‘zbekiston 841 mln dollarga 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi. Bu mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning deyarli o‘ndan bir qismidir. Gazning deyarli butun hajmi Xitoyga yuboriladi, ammo ikki mamlakat statistikasi bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti.

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari jamiyatning eng past daromadli qatlami bo‘lib qolmoqda

Eng past daromadga ega aholi guruhining umumiy daromadlardagi ulushi yildan-yilga qisqarib bormoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev daromadlar tengsizligiga bag‘ishlangan maqolasining ikkinchi qismida sohalar va turli daromad guruhlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligining sabablarini haqida fikr yuritadi.

Nukus voqealari bo‘yicha sud jonli efiri vaqtincha to‘xtatiladi

Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to‘xtatildi. Bu guvohlar so‘roq qilinishi bilan bog‘liq, chunki guvohlar bir-birining ko‘rsatuvlarini eshitmasligi lozim.

Nukus voqealari bo‘yicha sudda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda

Dushanba kuni Nukus voqealari bo‘yicha sud o‘z ishini davom ettirmoqda. Oliy sud xabariga ko‘ra, sud ishining 6-kunida 1−2 iyuldagi voqealar oqibatida jabrlanganlar, qolaversa, fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda.

Tajimuratov — qiynoqlar, Nukusdagi namoyishlar va ayblov moddalari haqida

Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuvining yakuniy qismi va so‘roq vaqtida Nukusda tazyiqqa uchragani, Urganchda esa qiynoqqa solinmagani, tanqid «uning yo‘nalishi» ekani hamda O‘zbekiston uchun yuragi og‘riyotganini aytdi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi

Xonadon bir kun avval qarzdorlik sabab gazdan uzilgan, biroq uy egasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahri aholisi geografik obyektlarga nom taklif qilishi mumkin

Endilikda Toshkent shahri aholisi maxsus veb-sayt orqali geografik obyektlarni nomlash va ularni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishi mumkin. Hozirda sayt yer usti metro liniyasidagi bekatlarga nom berish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda.

O‘zbekistonda talabalar uchun 15 kunlik qishki ta’til beriladi

Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar qishki ta’til beriladi. Mazkur belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

O‘zbekistonda bir kunda 153 kishi kovid yuqtirib oldi

O‘zbekistonda 4 dekabr, yakshanba kuni rasman 153 kishi (shanba kuni — 162 kishi)da koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar, doimgidek, poytaxtda qayd etildi.

Andijonda maktab stadioni o‘rnida qurilayotgan bino buziladi

Tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 13-maktab stadioni buzilayotgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘zbekistonda maktabning yeriga ko‘z olaytirish — jinoyatku!», deyiladi xabarda. Keyinchalik viloyat hokimligi sud qaroriga asosan stadiondagi qurilishi tugallanmagan bino buzilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. Dekabrda uning xotira kechasi o‘tkaziladi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi, kitob-albom ham chop etiladi. Qolaversa, Musa Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.

«Nima uchun yo‘q gazga pul to‘layapmiz?» Toshkentdagi mahallada «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Foto: Qorli Toshkent

Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.

«U xotin-qizlarni emas, zo‘ravonlarni himoya qilmoqda». Himoya orderining muammolari haqida

O‘zbekistonda 2019 yilda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun «himoya orderi» instituti joriy etildi. Ekspertlar uning afzalliklarini e’tirof etsa-da, amalda u haqiqiy himoyachiga aylanolmaganini ta’kidlamoqda. Sabablari ko‘p, ulardan biri — zo‘ravonga nisbatan jazoning yengilligidir, deydi ular.