«Farzandlaridan ayrilgan odamlardan kechirim so‘rayman» — Lolagul Kallixanova

Buxoro viloyat sudida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari bo‘yicha sudning ikkinchi kunida Lolagul Kallixanova ko‘rsatma berdi. «Jo‘qorg‘i Kenges xalq bilan biroz maslahat qilganida, bunday narsalar bo‘lmasdi», dedi u. Kallixanova o‘sha hodisalar vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlaridan kechirim so‘radi.

Nukus voqealari bo‘yicha Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuv berdi

Nukus voqealari bo‘yicha sudning to‘rtinchi kunida asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuv berdi. Youtube`da tomosha qilishingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyev XXR raisiga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatning sobiq xalq raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan maktub yo‘llab, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston IIV rahbari uning iste’fosi talab qilinganidan xabardor ekani ma’lum bo‘ldi

Publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbari Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, 22 noyabr kuni poytaxtdagi Gagarin haykali oldida bir kishilik piket uyushtirgandi. Vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov piket bo‘yicha vazirga «aniq axborot» berilganini ma’lum qildi.

Prokurorning faolligi yo‘qligi sabab, sudyalar savol-javobga kirib ketishga majbur bo‘lyapti — Oliy sud raisi

Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov ayrim sud protsesslarida haqiqiy tortishuvchanlik prinsipi hozir ta’minlanmayotganini tanqid qildi. Bunga ayrim prokurorlar oxirgi vaqtlarda sud jarayoniga hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, o‘sha yerdan o‘qib [berayotgani], faqat advokat gapirayotganini sabab qilib keltirdi.

«10 oyda 25 nafar xodim vafot etgan» — IIV

AOKAda Ichki ishlar vazirligi mansabdorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 10 oyida 25 nafar xodim: 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.

Toshkent shahri va viloyatida psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan yetti nafar shaxs qamaldi

DXX kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan sud tomonidan 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkentda issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerak?

Veolia Energy Tashkent poytaxt aholisiga issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma taqdim etdi.

Toshkentda 55 nafar fuqaroni xorijga sotib yuborgan korxona rahbari 8 yilga qamaldi

Toshkentda xususiy bandlik firmasi 100 ga yaqin fuqaroni xorijda ishga joylashtirishga va’da berib, aldov yo‘li bilan ularning 55 nafarini sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi korxona rahbariga 8 yil 1 oy, qolgan 2 nafar xodimga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Toshkentdagi Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 15 kunga yopiladi

Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.

Toshkentda 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz yashash hovlisidagi daraxtga osilgan holda topildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekistonda dekabr oyi sovuq kunlar bilan boshlanib, iliq harorat bilan tugaydi

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, respublikada dekabrning birinchi o‘n kunligi sovuq bo‘ladi. Harorat −4…−7 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida kechasi -7, kunduzi +15…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi juda iliq bo‘lgandi.

Korporativ ta’limni onlaynga o‘tkazishning oltita sababi

iSpring kompaniyasi eksperti Ilya Kedrovskiy korporativ onlayn-ta’lim qanday masalalarni hal etishga yordam berishi hamda uni hayotga tez va samarali tadbiq etish yo‘li haqida so‘zlab berdi.

Soliq tizimi faoliyati yanada shaffoflashadi — Sherzod Kudbiyev

DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 1 dekabrdan boshlab soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Kunlik kovid statistikasi yana ortmoqda

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 154 kishi (bir kun avval 141 kishi) koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Kovidga chalinganlarning kunlik statistikasi ortmoqda. Eng ko‘p kasallanish doimgidek poytaxtda kuzatilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi

1 dekabrda aksar banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 1 dekabr uchun dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.