AQSh O‘zbekistonga 141 ming dollarlik 2 ta portativ rentgen uskunalarini taqdim qildi

USAID O‘zbekistonga ikkita portativ rentgen apparati sovg‘a qildi. Ular silga qarshi skrining xizmatlari bilan Toshkent viloyatining chekka hududlari aholisini qamrab olish imkonini beradi. Bunday qurilmalarni boshqa hududlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.

Jahonda silni davolash samaradorligi 85 foizga, O‘zbekistonda esa 91 foizga yetdi — SSV

Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.

SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol buzgani uchun jarimaga tortildi

Payshanba kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lda mashinalarga halaqit berib, huquqbuzarlik sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. IIBB YHXB surishtiruv olib borib, mashina xaydovchisiga 3 mln so‘m jarima qo‘lladi.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi

oktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi

Ikki mamlakat vazirlari harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

Jizzaxda teplovoz yuk avtomobili bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili va teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.

Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Endi axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etgan shaxslar BHMning 300−400 baravarigacha jarima to‘lash yoki 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar esa BHMning 20−30 baravarigacha jarima to‘laydi.

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev agrar soha, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va fermerlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. «Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi», — dedi prezident.

Toshkentda hali ishlab chiqarilmagan Onix mashinasini va’da qilgan lizing kompaniyasi aniqlandi

Toshkentda Start cars lizing kompaniyasi direktori va menejeri qo‘lga olindi. Ular mijozlariga O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmagan Chevrolet Onix mashinasini 2023 yilning yanvarigacha yetkazib berishni va’da qilgan.

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi

«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q

Davlat tili martabasi berilganidan so‘ng xursand bo‘lib xotirjamlikka berildik. Ko‘cha nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Ona tilimizni asl holiga keltirish uchun hali juda ko‘p mehnat qilish kerak. Tohir Malikning ushbu fikrlari oradan 32 yil o‘tsada, hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

Yaponiyaga o‘qish uchun qanday ketish mumkin? Yapon universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonovaning hikoyasi

Xorijiy ta’lim — bu inson hayotidagi noyob tajriba va muvaffaqiyatli karera qurish imkoniyati. «Gazeta.uz»ning yangi «Xorijiy diplom» loyihasi doirasida biz talabalardan universitet tanlash va grantlarni qo‘lga kiritish hamda xalqaro ta’lim tizimi haqida so‘raymiz. Birinchi mehmon — Yaponiya universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonova.

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…

Mirzakalon Ismoiliyning XX asr boshlarida mustabid tuzum, mahalliy boy va amaldorlar, mutaassib din peshvolari zulmidan qon qaqshagan Turkiston va uning yorug‘ kunga umid bog‘lagan tolesiz xalqiga bag‘ishlangan «Farg‘ona tong otguncha» romani haqda «Gazeta.uz» kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova hikoya qiladi.