Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.

«Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga shoshilishning hojati yo‘q» — prezident

Prezident Konstitutsiyani isloh qilishda shoshilishning hojati yo‘qligini yana ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif mualliflari «jamiyatda qanday rahbariyat bo‘lishidan qat’i nazar, qonun, Konstitutsiya himoyasida bo‘lish» tarafdori. Kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar aholi bilan yana bir bor kelishiladi, dedi Mirziyoyev.

Kamilovning Ukraina haqidagi nutqidan keyin iqtisodiy muammolar boshlandi" — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.

Afsonaviy qo‘shiqchi Davron G‘oipov 61 yoshida vafot etdi

Afsonaviy o‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 61 yoshida vafot etdi. Dafn marosimi Xorazmda bo‘ladi. «Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oipov olamdan o‘tdi», — dedi Tolibjon Isroilov.

18 mingdan ortiq standartlar ixtiyoriy toifaga o‘tkaziladi

Senat standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Unga ko‘ra, «Davlat standarti» tushunchasi «milliy standart»ga o‘zgartirilib, qo‘llanilishi ixtiyoriy bo‘ladi. «Milliy standartlashtirish tizimini takomillashtirmay turib, raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish mushkul», — dedi Senat raisi.

O‘zbekiston 19 davlat qatorida BMT IHKda Sinszyan avtonom hududi bo‘yicha bahsga qarshi chiqdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.

Dam olish kunlari biroz iliq bo‘ladi

Shanba kuni Kavkaz hududlaridan kelgan antitsiklon O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, quruq va biroz iliq ob-havo bo‘ladi. Yakshanba kuni ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +24 darajagacha yetadi.

O‘zbekistonda 7−18 oktabr kunlari «Orient Silk Road Express» nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi

7−18 oktabr kunlari «Olmaota — Toshkent — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xiva — Buxoro — Xo‘jand — Toshkent» yo‘nalishida bu yil ikkinchi «Orient Silk Road Express» nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi. U Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar sayohatchilariga xizmat ko‘rsatadi.

Markaziy bank asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni keyinga qoldirdi

Markaziy bank oktabr oyining ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.

UzAuto Motors aksiyalarini birjaga joylashtirishni boshlashini ma’lum qildi

UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistondagi yirik davlat kompaniyalarini amalga oshirgan ilk IPO bo‘ladi.

Qashqadaryoda hududiy elektr tarmoqlari xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

«Qashqadaryo HETK» AJ G‘uzor TETK tezkor chiqish brigadasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. «Hududiy elektr tarmoqlari» vafot etgan elektromontyor «naryaddan tashqari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda simlarni yechishga uringani»ni ma’lum qildi.

Curxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bog‘cha direktori lavozimidan ozod etildi.

To‘rtta holatda jami 2,6 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan Jizzax va Samarqandda jami 2,6 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli moddalar bilan gumonlanuvchilarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Jismoniy shaxslar uchun kredit qarzlarini to‘lash tartibi o‘zgarmoqda

Markaziy bank tomonidan «Fuqarolik kodeksi»da belgilangan pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mavjud kreditning dastlab muddati o‘tgan qismi va foizini, so‘ngra joriy qarzdorlik summasi va foizini to‘lashadi.

1 yanvardan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shilishi mumkin

Senatorlar pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. 1 yanvardan I va II guruh nogironlarining pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1 yillik ish staji va ish haki miqdoridan kelib chiqib har 2 yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi va qo‘shimcha pul to‘lanadi.

«Turkiston» va Hi-tech bank`ning litsenziyasi bekor qilindi

Markaziy bankning 7 oktabrdagi tegishli qarorlari bilan «Turkiston» va Hi-tech bank`dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar chaqirib olindi. Shuningdek, banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi. , Omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.

«Sijjak» dam olish maskani qayta sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksion savdolariga qo‘yildi. Lotning boshlang‘ich narxi 71 mlrd so‘mni tashkil etadi. Aktiv yagona mulkiy majmua sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan.

«Gazeta.uz»da elon qilingan maqolalar:

«Bir yilgina foydalanilgan darslikni qaytadan yaratish uchun ilmiy asoslangan sabab kerak!» — Komil Jalilov

Maktab darsliklari tuzuvchisi Komil Jalilov «Gazeta.uz» bilan suhbatda 1−2-sinf darsliklarini aprobatsiya qilinishiga munosabat bildirdi. «Kimdir manfaatdor bo‘lgani yoki «yangi dastur va darsliklar yaratdim» deb «ochko» ishlash uchungina yangilash davlat tizimining ishlamasligini ko‘rsatadi, nazarimda», — dedi u.

Muammolar hali ko‘p

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yili Atamashunoslik qo‘mitasi raisi G‘anijon Abdurahmonov o‘zbek tilida muammolar hali ko‘pligi haqidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.