Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Hafta boshida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jazirama pasaya boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25−26 iyul kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqaladi, havo harorati +33…+36 darajagacha tushadi.

Prezident 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot qiladi

20 avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi — Sherzod Asadov

Shu hafta Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga esa murojaat yo‘llaydi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi. Sherzod Asadov shuningdek, davlat rahbarining tug‘ilgan kuni qanday o‘tgani haqida ham ma’lumot berdi.

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovg‘a qildi

24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan qo‘shni davlatlar rahbarlari, shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va Turkiya rahbarlari tabrikladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga ikkita ot sovg‘a qildi.

Energetika vazirligi: cheklovlar keng ko‘lamli muammolarning oldini oladi

Energetika vazirligining xabar berishicha, yuqori harorat va elektr uzatish liniyalarining haddan tashqari qizib ketishi sharoitida dispetcherlar ayrim hududlar va sanoat obyektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzishga majbur bo‘lmoqda. Agar shunday qilinmasa, katta hajmda baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi

O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.

Nigora Suvonova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov buni rad etib, hozirgacha mamlakatda umuman vabo aniqlanmaganini ma’lum qildi. SES ochiq suv hafzalari va ichimlik suvini vaboga qarshi muntazam tekshirib turgani qo‘shimcha qilindi.

«Tartibga soluvchi gilotina» usuli orqali hukumatning 422 ta qarori bekor qilindi

Vazirlar Mahkamasi bitta qarori bilan o‘zining 422 ta qarorini bekor qildi. Bunda «tartibga soluvchi gilotina» usulidan foydalanildi.

Nukusda 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadini obodonlashtirish xodimlari ko‘mib tashlagani ma’lum bo‘ldi

Nukus yaqinida 100 dan ortiq it va mushuklar jasadini shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari noqonuniy ravishda ko‘mib ketgani aniqlandi. Mansabdorlardan tushuntirish xatlari olinib, hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga yuborildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda

Jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy vaziyat oqibatida qashshoqlik darajasi o‘sib borayotgani uchun imtiyozli kreditlarni bekor qilishni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi, dedi MB raisi Mamarizo Nurmuratov. Shunga qaramasdan regulyator hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda.

Diplomatiya universiteti «Smart universitet» tizimiga o‘tadi

Prezident qarori bilan, JIDU «Smart universitet»ga aylantiriladi. Oliygoh 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekistonning to‘rtta universiteti bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Qolaversa, universitetning iqtidorli talabalariga xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati beriladi.

«Humo va Uzcard integratsiyasi ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti» — MB rahbari

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiya asosida ishlamoqda, biroq jarayon ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti, deya ta’kidladi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Uzcard shartlari Humo`ga tushmaydi.

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

Suzish federatsiyasi mansabdorlari terma jamoa tarkibida bo‘lmagan fuqaroni xalqaro yig‘inga yuborib, 71 mln so‘mni asossiz ishlatgani, 287 nafar sportchi mehmonxona xizmatidan foydalangani haqida soxta hujjat tayyorlab, 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

G‘afur G‘ulom bog‘i ochilishi sentabrga qoldirildi — Senat

Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i 1 sentabr kuni ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Senat. Bog‘ni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management vakili bu oxirgi muddat ekanligi va obyektning ochilishi avgust oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini qayd etdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

IT, tibbiyot, moliya — yaqin kelajakning eng istiqbolli va barqaror kasblari qaysi?

Global mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab yuqori darajada qayta tiklanib, rekord darajadagi «iqtidorlar tanqisligi» kuzatilmoqda. Ushbu murakkab bozor sharoitida qaysi kasblar eng istiqbolli, daromadli va barqaror bo‘ladi? «Gazeta.uz» maqolasida kelajak kasblari haqida hikoya qilinadi.