«Bu biz uchun yangi bozorlar degani». Prezident o‘zbek paxtasiga boykot bekor qilingani haqida

Shavkat Mirziyoyev Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilganiga munosabat bildirdi. «Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani», — deya ta’kidladi u. Shu bois, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, chetga sotuvchi korxonalarga eksportyorlarning imtiyozlari berilishi, dastgohlari uchun bojxona boji undirilmasligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Cotton Campaign boykotining bekor qilinganini olqishladi

O‘zbekiston hukumati Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishladi. Prezident matbuot kotibi bu boradagi islohotlar ortga qaytmasligi va bundan buyon ham qat’iy davom etishini ta’kidladi, Senat raisi esa buni «tarixiy voqea» deb atadi.

Farmatsevtika agentligi rahbari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisiga «hayfsan» berildi

Prezident juma kungi videoselektor yig‘ilishida dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotgani uchun Farmatsevtika agentligi direktori Sardor Kariyevga «hayfsan» berdi. Uning ikki o‘rinbosari Dilshod Akbarov va Alisher Temirov esa ishdan bo‘shatilishi aytildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi v.b. Xusnutdin Xasilov ham «hayfsan» oldi.

Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat MTMlariga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi. Bunda tarbiyalanuvchilar pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilinadi.

«Bu yer karusellar joyi emas». Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Poyxaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘i dushanbadan rekonstruksiya uchun yopildi. Bu yerda sug‘orish tizimi va piyodalar yo‘laklari yangilanadi, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari, chiroqlar va mashg‘ulotlar uchun maydonlar o‘rnatiladi, shuningdek, yashil maydonlar maydoni kengaytiriladi. Bog‘ning yoz boshida ochilishi kutilmoqda.

Moldovadan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Ukrainani tark etgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi Buxarest (Ruminiya) aeroporti orqali Moldovadan evakuatsiya qilindi. Yana bir reys 11 mart kuni Polshadan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. U yerda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar qolmoqda.

Turkiyaning Odaş Enerji CA kompaniyasi Xorazm viloyatida yangi IESni qurib, ishga tushirdi

Turkiyaning Odaş Enerji CA kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida qurilgan yangi IES O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘iga quvvat berishni boshladi. 105 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga bunyod etilgan IES yiliga 1,4 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

O‘zbekiston va Rossiya sayyohlar oqimini oshirishga qaror qildi

O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzoladilar. U 20 ta tadbir, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston turizm yilini o‘tkazish va «Buyuk ipak yo‘li» transchegaraviy sayyohlik yo‘nalishini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.

Rossiya ikki yildan so‘ng O‘zbekistonga parvozlar uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

«Rosaviatsiya» ikki yil avval O‘zbekiston va yana yettita davlatga parvozlar uchun koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kiritilgan cheklovlarni bekor qildi.

Koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi

Payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi (70 kishi). Bir kun avval bor-yo‘g‘i 14 kishi virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Xivada 18−20 yoshli to‘rt fuqaro Suriyaga ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda

Xorazm viloyatida 2002−2004 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar shaxs Suriyadagi terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishib, ular safiga borib qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.

«Samarqand-Juma» avtobekatini «razborka» yo‘li bilan egallamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanida o‘zaro kelishmovchiliklarni «razborka» yo‘li bilan hal qilmoqchi bo‘lgan shahslar qo‘lga olindi. Ushbu guruhlarga rahbarlik qilgan va faol ishtirok etgan shaxslarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Navoiyda radioaktiv moddani 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 250 gramm «Radiy» radioaktiv moddasini noqonuniy ravishda sotishga uringan ikki kishi ushlandi.

Xorijdagi yosh vatandoshlar O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarga ishga jalb qilinadi

Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan va yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan yosh vatandoshlarga vazirlik, idora va tashkilotlarda ishlash uchun sharoitlar yaratiladi. Jumladan, ularga xizmat uylari beriladi, kamida 2 yil ishlaganlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratiladi. 1 iyungacha esa «Yosh vatandoshlar reyestri» ishga tushiriladi.

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov

2021 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 trln so‘m zarar yetkazilgan. Hokimliklarning budjetdan orttirilgan mablag‘larni ochiqlash majburiyati joriy qilingach, avtomobil sotib olish yoki hokimiyatni ta’mirlash keskin kamaygan, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Akmal Burxonov bu amaliyot hokimlik budjetining ko‘proq ijtimoiy-infratuzilmaga yo‘naltirilayotganiga sababchi bo‘lganligini ta’kidladi.

Dam olish kunlari yomg‘irli va salqin bo‘ladi

O‘zbekistonda kelasi haftaning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladigan beqaror ob-havo davom etadi. Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalar mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishi bilan bog‘liq, deya tushintiradi O‘zgidromet.