Deputat Feruza Babasheva atrofida nimalar sodir bo‘lmoqda?

9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining arizasi tufayli daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida tasvirga olingan va deputatning erkak kishi bilan to‘shakdagi holati aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Feruza Babasheva viloyat IIBB xodimlarini tahdid qilish va bosim uyushtirishda aybladi. Jamoatchilik deputatni himoya qilib chiqdi. XDP shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.

Haydovchilik guvohnomasi va “texpasport” ni almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat eski haydovchilik guvohnomalari va ro‘yxatga olish guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini 2022 yil oxirigacha uzaytirdi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 31 martgacha almashtirilishi kerak.

Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

23 noyabr kuni Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Tadbirkorlar hamda ekspertlar biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhiti odamlarning, kompaniya va jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’siri va boshqa mavzularni muhokama qiladi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

Andijon neft bazasida 24,3 mlrd so‘m, Jizzax neft bazasida esa 35 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik, qolaversa, ishdan bo‘shatilgan shaxslarga oylik to‘lash, mukofot pullari va kompensatsiyalar noo‘rin hisoblangani aniqlangan edi. Jamiyatlar rahbarlari ishdan olinib, jinoyat ishi ochilgandi. Bosh prokuratura hujjatlar sudga yuborilganini ma’lum qildi.

Toshkentdan Istanbulga reys bir sutkadan ko‘proq vaqtga kechiktirildi

Turkish Airlines`ning Toshkentdan Istanbulga chorshanba kuni parvozi ob-havo sharoiti tufayli 5 soatga kechiktirildi. So‘ng ekipaj smena tugashi sababli parvozni bekor qildi. Samolyot payshanba kuni soat 9:00 da parvozni amalga oshirishi kerak edi, biroq bir oilaning uchishdan bosh tortgani sababli reys yana 2 soatga kechiktirildi.

Hukumat va YUNISEF vasiylik tizimini isloh qilishni muhokama qilmoqda

YUNICYeFning mintaqaviy direktori Afshan Xan mamlakatda bolalar huquqlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonga bir haftaga tashrif buyurdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida u mehribonlik uylarini yopishni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Toshkent viloyatida emlanishdan bosh tortgan 3,2 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi

Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimvoning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Chirchiqda zirhli avtomobil va harbiy texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (foto)

Chirchiq shahrida zirhlangan avtomashinalar, sedan, avtobuslar, tibbiy yordam mashinalari, qolaversa, zirhli harbiy mashinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Harbiy-sanoat kompaniyasi hukumat qo‘shinlari, xalqaro qutqaruv va xavfsizlik tashkilotlari hamda yuqori martabali mijozlar uchun zirhli texnika ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Hududlar kesimida shoxobchalarning ishlash vaqti (jadval).

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.

Ayoliga zo‘ravonlik qilayotganlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva ta’kidlashicha, ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar qonunchilikda belgilanganiga qaramay yetarli emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, yordamga muhtoj ayollarni “Ayollar daftari"ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim.

Iroq, Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlar fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga havo tranziti vaqtincha cheklandi

17 noyabrdan Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga aviatranziti vaqtincha cheklandi.

Davlat bojxona qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Avvalroq sobiq rais Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.

“Gazeta.uz"da chiqqan fotomateriallar:

Foto: “Yovvoyi tabiatning komik surati 2021” g‘oliblari

Har yili o‘tkaziladigan yovvoyi hayvonlarning kulgili holatlari aks etgan fotosuratlar tanlovi natijalari e’lon qilindi. “Xalq tanlovi” mukofoti boshiga barg urilgan kaptar suratiga berildi. Boshqa g‘oliblar fotosuratlarini taqdim etamiz.