Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi

Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami 20 mlndan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.

Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanadi

UzAuto Motors Onix avtomobilini seriyalari ishlab chiqarish sinov tugagach boshlanishini, sotuvlar esa 2022 yilning oxiri — 2023 yil boshidan amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida ko‘rsatish shart etib belgilanmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish shartligi aks etgan qonun loyihasini ma’qullashdi. Hujjat Senatga yuborildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 5,2 mln kishi to‘liq emlandi

11 oktabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 287 ming 400 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 22 mln 721 ming 129 doza vaksinadan foydalanildi. To‘liq emlangan fuqarolar 5 mln 226 ming 139 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 14,88 foizini tashkil qilmoqda.

“„Tolibon“ rahbariyati ham temir yo‘l loyihasi amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti” — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati bilan “Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “„Tolibon“ rahbariyati ham bu loyiha amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti”. “Lekin ular bir muammoga duch kelishyapti — aksariyat davlatlar ularni tan olmay turib, bunday katta ishlarni amalga oshira olmaydi, hech kim moliyalashtirmaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi prezident.

Fitch: O‘zbekiston banklari aktivlarining sifat ko‘rsatkichlari pasaymoqda va kelgusida yanada yomonlashishi kutilmoqda

O‘zbekiston bank sektorida aktivlar sifatining yomonlashishi xavfi ortib bormoqda, deya qayd etdi Fitch. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aktivlarning sifat ko‘rsatkichlari pasaygan va bundan keyin ham yomonlashishi kutilmoqda. Bunga sabab — kredit ta’tillari muddati nihoyasiga yetganligi va ko‘p sonli kreditlar uchun imtiyozli davrlar yakunlanganligi.

“Kinoda ham men bunday voqeani ko‘rmaganman”. Prezident — Sardoba fojiasi haqida

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishini yodga olar ekan: “Hozir ayta olaman, umrimda, kinoda ham men bunday voqeani ko‘rmaganman”, — deya ta’kidladi.

Pandemiya va vaksinatsiyaning kechikishi. Fitch — O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xatarlar haqida

Fitch O‘zbekistonning suveren reytinglarini “BB-” darajasida barqaror bashorat bilan saqlab qoldi. Reyting agentiligining kutilmalariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,2%ga, inflyatsiya 9,8%ga va davlat qarzi YAIMning 42%gacha o‘sadi. Shu bilan birga, pandemiya va vaksinatsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kechikishlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan 260,5 ming doza “Sputnik V” vaksinasi SESga topshirildi

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi 260 ming 500 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.

Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik uchun mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi

Rossiya hukumati 150 ming O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.

O‘zbekistondan Rossiyaga yuboriladigan 10 ming quruvchi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanadi

Rossiya SSV tomonidan mehnat mirgantlarini emlash uchun yangi turdagi “Sputnik Layt” vaksinasining 12 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu vaksina bilan faqat O‘zbekistondan yuborilishi mo‘ljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi.

Shahrisabzdagi sport zali OAV tanqididan so‘ng ta’mirlandi

Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sport zalida shug‘ullanyotgani haqida xabarlar tarqalgandan bir necha kun o‘tib tuman hokimligi sport zalini ta’mirlab berdi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Green Card dasturiga ariza topshirish va natijalarni tekshirish — qo‘llanma

Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Grin Kard anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Grin Kard natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” o‘quvchilar talabiga binoan Grin Kard dasturiga onlayn ariza topshirish va ariza natijalarini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.