UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix avtomobili 2022 yilning oxiri — 2023 yilning boshlaridan sotuvchi chiqarilishi reja qilinayotganini ma’lum qildi.

Avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. «Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi», — deyiladi xabarda.

sentabr oxirida «Gazeta.uz» «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Onix va Tracker ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun 427,7 mln dollar ajratishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi. Loyihani 2022 yilning sentabr oyida yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan, ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 190 ming mashinani tashkil etadi.

2019 yilning dekabrida UzAuto Motors 2020 yilda Global Emerging Markets (GEM) yagona budjet platformasida Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qilgandi.

Onix avtomobilining sinov namunalari joriy yilning fevral oyida Braziliyadan O‘zbekistonga yetkazilgan edi.