11 oktabr kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 287 ming 400 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 106 630 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 84 420 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 96 350 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 22 mln 721 ming 129 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 12 mln 328 ming 430 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 7 mln 176 ming 562 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 3 mln 216 ming 137 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 5 mln 226 ming 139 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 14,88 foizini tashkil qilmoqda (Davlat statistika qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining soni 35 mln 107 ming 571 nafar). Bu ko‘rsatkich emlash rejalashtirilgan 21 mln 455 ming 214 kishining 24,35 foizini tashkil etadi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (2 mln 441 ming 097 doza), Andijonda (2 mln 390 ming 858 doza), Namanganda 2 mln 373 ming 097 dozani tashkil qilmoqda.

24 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 2 mln 499 ming 668 dozasi olib kelingan edi. Jami vaksina zaxirasi 26 mln 754 ming 208 dozani tashkil qilmoqda.

Turkiya O‘zbekistonga 200 ming dozada Sinovac vaksinasini, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori-darmonlarini yetkazib berishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, 10 oktabrga qadar Isroilda 60,95%, AQShda 56,14%, Turkiyada 54,09%, Buyuk Britaniyada 66,09%, Rossiyada 30,84%, Qozog‘istonda 36,14% aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyungacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.