Toshkentga 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX mexanizmi doirasida AQShdan 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Ushbu vaksina butun mamlakat bo‘ylab 18 yoshdan oshgan fuqarolarni emlashda qo‘llaniladi. Kuzda AstraZeneca va Pfizer vaksinalarini yetkazib berish rejalashtirilgan.

Qibrayda besh kishi shafqatsiz ravishda o‘ldirildi

Qibray tumanida besh kishi shafqatsiz ravishda o‘ldirildi, gumondor qo‘lga olindi.

Navbatdagi antirekord: koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 900 ga yaqinlashdi

Kecha O‘zbekistonda 897 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda dunyodagi eng yirik mis va oltin zaxirasi mavjud — AQSh konsalting kompaniyasi rahbari

AQShning SRK Consulting kompaniyasi direktori Mayk Bir O‘zbekistonda 45 mln tonna mis va 5,5 ming tonna oltin zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektromobillarni ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan jahon bozorida misga bo‘lgan talab ham keskin ortadi. U O‘zbekistonda mis ishlab chiqarishga qaratilayotgan e’tiborni uzoqni ko‘zlovchi siyosat deb atadi.

O‘tgan 6 oy davomida Ayollar reabilitatsiya markazlariga deyarli 400 nafar erkak murojaat qilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga jami 5 958 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan 5 348 nafari ayol, 393 nafari erkak hisoblanadi. Hududlar kesmidida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (1598), Jizzax (861) va Namangan viloyatidan (540) bo‘lgan.

“Sog‘liqni saqlash xodimlari uyma-uy yurib, aholining ko‘proq kaysi kasalliklar bilan og‘riyotganini aniqlashi kerak” — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, tibbiyot xizmat sohasidagi ko‘plab muammolar joylarda vaqtida o‘rganishlar olib borilmaganligi sababli kelib chiqmoqda. U aholining salomatligini ta’minlashda mahalliy kengashlar ham faol bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

TIV xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurish tartiblarini e’lon qildi

TIV pandemiya davrida xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi bo‘yicha tartiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobil orqali kelayotganlar mamlakat hududidiga faqat PZRning manfiy ko‘rsatkichiga ega bo‘lsagina kiritiladi. Shuningdek, mamlakatga kirish vaqtida turistda koronavirus infeksiyasining alomatlari bo‘lib, PZR musbat bo‘lsa, o‘ni o‘z davlatiga qaytarish ishlari yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

“Sudlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Prezident imzolagan yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida” gi qonun bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Hujjatda shuningdek, sudyalarning intizomiy javobgarligi va ularning ijtimoiy himoyasi batafsil aks ettirilgan.

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

2021 yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan. Yarim yilda umumiy YTHlar soni 3,5 mingdan ortiq, ularda 1000ga yaqin inson halok bo‘lgan.

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga oshgan. 217 ta qotillik jinoyatlarining har uchinchisi qarindoshlar yoki qo‘shnilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi

Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning yettinchi kunini ham medallarsiz yakunladi

Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Rayhona Qodirova keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.