Toshkent viloyatining Qibray tumanida besh kishi qasddan o‘ldirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan bu haqdagi ma’lumot 29 iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a, j» bandlari (qasddan odam o‘ldirish — ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumondor protsessual tartibda qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabar qilinishicha, fojia 29 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar — bir oilaning to‘rt a’zosi (ota, ikki qizi va o‘g‘il) hamda uyda ishlagan quruvchi.