O‘zbekistonda 29 iyul kuni pandemiya boshidan beri antirekord yanglilandi — 897 kishi koronavirusga chalindi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 128 403 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. SSV pnevmoniya holatlarini berishni boshlagan sanadan beri ushbu kasallik aniqlanganlar soni 9798 nafarga yetdi.


29 iyul kuni 650 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 122 368 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 866 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.