dayjest

Valyuta kursi “to‘g‘rilandimi”?

2024-yilda nominal kurs nisbatan tez qadrsizlanmoqda (2023-yil bilan taqqoslaganda ham). “Lekin, menimcha, bu hali real kursning to‘g‘rilanishi emas. Nominal kursning hozirgi qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda kuzatilayotgan tendensiyaga monand kechmoqda”, — deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.


dayjest

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.


dayjest

Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda — Musulmonlar idorasi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Ohangaron shahridagi tug‘uruqxonada ayol va uning homilasi nobud bo‘ldi

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi

Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi.


dayjest

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi

9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.


dayjest

“Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida

Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.


dayjest

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.


dayjest

Hayit kunlari harorat +30 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

Prezident 426 nafar shaxs, jumladan, 11 nafar xorijlikni afv etdi

Prezident Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan 135 nafari asosiy jazodan to‘liq, 200 nafari shartli ozod etildi. Afv etilganlar orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar bor.


dayjest

Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olganlarga 12 oy davomida subsidiya to‘lanadi

O‘zbekistonda 1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ushbu shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Buxoroda kursdoshlarini o‘z ofisiga maishat uchun chaqirgan inspeksiya boshlig‘i ishdan olinadi

Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.


dayjest

Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin hajmi kamaydi

Mart oyida oltin narxining ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin miqdori salkam 1,3 mlrd dollarga oshganiga qaramay, uning fizik hajmi 12 tonnaga kamaygan.


dayjest

Toshkentga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi keltirildi

Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.


dayjest

Xorijda ishlovchilarga “ishchi viza"ni rasmiylashtirish uchun kompensatsiya beriladi

1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza"ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.


dayjest

Gaz ballon o‘rnatilgan 300 tadan ortiq avtobus texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.


dayjest

Toshkentda mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etilmoqda

Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”.


dayjest

Prezident Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishini tezlashtirishni topshirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga bordi. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, ish yakuni 2028-yilga mo‘ljallangan. Prezident bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar, shuningdek, infratuzilma tarmoqlari va ta’lim muassasalari qurishni jadallashtirishni topshirdi.


dayjest

Rossiya Xarkovni yashash uchun yaroqsiz holga keltirmoqchi — Economist

Rossiya Ukrainaning aholisi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Xarkovni yashash uchun yaroqsiz “kulrang zona"ga aylantirmoqchi, deb yozmoqda Economist. Dekabr oyidan boshlab Rossiya armiyasi shaharni bombardimon qilishni kuchaytirdi, shuningdek, boshqariladigan aviabombalardan foydalanishni boshladi.


dayjest

Madaniyat vazirligi “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi

Madaniyat vazirligi o‘zining budjet mablag‘lari hisobidan 2024−2025-yillarda The Voice of Uzbekistan (“Ovoz”) teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi. Mablag‘ teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari, badiiy rahbar, musiqa direktori va sozandalar uchun gonorar to‘lashga sarflanishi keltirilgan.


dayjest

Parkent tumaniga hokim tayinlandi

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Sardor Isakulov Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Sobiq hokim faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi.


dayjest

Prezident ADM Jizzakh avtomobil zavodida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodida bo‘lib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan ham tanishdi.


dayjest

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


dayjest

Prezident Jizzaxda sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlashda ishtirok etdi.