Shanba kuni Mudofaa vazirligi harbiy qismlari vakillari orkestr sadolari ostida Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish qildi. Maydonda harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. PressPhoto.uz suratlari va vazirlik videosi.
Cho‘ponotadan kelayotganda Shofayzi ko‘prigiga yetmay, Ko‘kchadan kelayotganda esa Shofayzi ko‘prigidan o‘tgach, chap qo‘lda “Paxtakor” mahallasi keladi. Bu yerda nomi kosmonavtikaga aloqador ikki ko‘cha bor. Birinchisi — Quyosh nuri; shunisi sizni Marsga ham olib boradi. “Gazeta.uz” 12-aprel kuni shu ko‘chalarni aylandi.
Tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” va “Minor” masjidlaridan suratlar.
Payshanba tongida boshlangan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Joylarda daraxtlar qulab, mashina va obyektlar ustiga tushmoqda, elektr simlariga zarar yetyapti. FVV kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. Video, foto.
Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.
O‘zbekistonning 2024-yildagi ilk chaqiriluvchilari muddatli harbiy xizmatni o‘tash joylariga yo‘l oldi. Barcha hududlardagi yig‘ish punktlarida tantanali kuzatuv marosimlari boshlandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin samarqandlik chaqiriluvchilar va ular orasidagi o‘z ukasini armiyaga kuzatdi.
O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.
Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
10-martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. “Gazeta.uz” poytaxtning qadimiy masjidlardan biri — “Oxun Guzar"dan fotoreportaj tayyorladi.
Fotojurnalist Oqil G‘ulomov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida davlat va jamiyat xavfsizligi, barqarorligi, manfaatlarini himoya qiluvchi ayollar haqida loyiha tayyorladi. “Gazeta.uz” Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turkumdan bir nechta suratlarni e’lon qildi.
2023-yili YouTube`da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube`da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.
Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlog‘ida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlog‘ida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.
Apple o‘zining yangi gadjeti — Vision Pro virtual reallik qurilmasini xaridorlarga yetkazib bera boshlagach, internetda undan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha memlar yasash trendga aylandi. “Gazeta.uz” ham trendga qo‘shilib, O‘zbekistonda hozir faqat virtual ko‘rish mumkin bo‘lgan kadrlardan memlar yasadi.
Fevral oyining birinchi kunida Toshkentni qor qopladi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ana shu lahzalarni kameraga muhrladi.
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.
Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.
Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting