Jamiyat

BAAdagi kuchli yomg‘irlar sabab 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi Dubay aeroportida qolib ketdi
Bugun, 00:50

BAAdagi kuchli yomg‘irlar sabab 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi Dubay aeroportida qolib ketdi

BAAda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab muassasalar, xususan, aeroportlar faoliyati to‘xtatilgandi. Shu sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 kun davomida Dubay aeroportining kutish zalida qolib ketdi. Muzokaralardan so‘ng ular Uzbekistan Airways samolyotida Toshkentga qaytarildi.

19-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
Kecha, 23:51

19-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasi, avtomobil bozoridagi uch oylik pasayish, Mudofaa vazirligining harbiy marshi, 9 ta hududga sel kelish xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Mening ayol va inson sifatidagi huquqlarimga daxl qilindi”. Xonanda Lola — tarmoqlardagi haqoratlar haqida
Kecha, 23:00

“Mening ayol va inson sifatidagi huquqlarimga daxl qilindi”. Xonanda Lola — tarmoqlardagi haqoratlar haqida

Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda. “Jirkanch narsalarni yozishyapti, haqoratlashyapti, kamsitishyapti”, — dedi u “Gazeta.uz"ga. Qo‘shiqchi “O‘zbekkonsert"dan “suhbat” emas, balki himoya istagandi.

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U OAVdagi xabarlarni asossiz deb atadi
Kecha, 21:46

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U OAVdagi xabarlarni asossiz deb atadi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Amanbayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tadbirkor va Zulfiya mukofoti sovrindori firibgarlik va pora berishga sheriklikda gumonlanmoqda. U OAV xabarlarini asossiz deb atadi.

Toshkent shahri aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarni nomlashda ovoz berishi mumkin
Kecha, 20:42

Toshkent shahri aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarni nomlashda ovoz berishi mumkin

Toshkent shahri hokimligi aholidan Bektemir tumanidagi 270 dan ortiq ko‘cha, yo‘lak va boshi berk ko‘chalarga nom berish va nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishni so‘radi. Ovoz berish jarayoni geonom.tashkent.uz saytida 27-aprelga qadar davom etadi.

Toshkentda harbiy marsh bo‘lib o‘tadi
Kecha, 17:09

Toshkentda harbiy marsh bo‘lib o‘tadi

20-aprel kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining tantanali piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar qo‘shiqlarni ijro etayotgan orkestr sadolari ostida poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi (xarita).

Korrupsiya haqida xabar berganlar himoyasini kuchaytiruvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
Kecha, 15:59

Korrupsiya haqida xabar berganlar himoyasini kuchaytiruvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki himolanishi va boshqa qator kafolatlar aks etgan.

Toshkentda o‘quvchilarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
Kecha, 15:49

Toshkentda o‘quvchilarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Farg‘ona viloyatining 4 ta tumanida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi
Kecha, 13:47

Farg‘ona viloyatining 4 ta tumanida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi

DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).

Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi
Kecha, 12:04

Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Kecha, 10:54

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda
Kecha, 10:27

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.

Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya
Kecha, 10:09

Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.

Toshkentdagi KHAYning bir qismi 7 kunga yopiladi
Kecha, 09:35

Toshkentdagi KHAYning bir qismi 7 kunga yopiladi

Juma kunidan 7 kunga Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi
Kecha, 09:34

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi

G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
Kecha, 05:48

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.

21-aprel kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida marafonlar o‘tkazilishi munosabati bilan transportlar harakati cheklanadi
18 aprel 2024, 23:23

21-aprel kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida marafonlar o‘tkazilishi munosabati bilan transportlar harakati cheklanadi

Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.

18-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 aprel 2024, 22:56

18-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekiston va Tojikistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomasi, energetika xarajatlarini ochiqlashni so‘ragan “Yuksalish”, biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimi, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yangi dastur va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent shahri hokimi Bo‘rijar kanali bo‘ylab sayilgoh hududi loyihasini yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi
18 aprel 2024, 22:40

Toshkent shahri hokimi Bo‘rijar kanali bo‘ylab sayilgoh hududi loyihasini yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlarining “Do‘stlik oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi (+foto, video)
18 aprel 2024, 21:50

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlarining “Do‘stlik oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi (+foto, video)

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting