8-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Bu massivga tamal toshi 2022-yil aprel oyida qo‘yilgandi.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “viloyatda ilgari hech bunday keng ko‘lamli qurilishlar bo‘lmagan”. So‘nggi yillarda o‘nlab zavodlar ishga tushirilgan, yangi sanoat tarmoqlari paydo bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda.

жиззах, шароф рашидов тумани, “yangi ўзбекистон” massivи

Sharof Rashidov tumanining mazkur hududidagi 140 gektarli maydonda qurilish ketmoqda. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, 3936 xonadonli 105 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Uylar 9, 12 va 16 qavatli bo‘lib, bu ham Jizzax sharoitida yangilik hisoblanadi.

жиззах, шароф рашидов тумани, “yangi ўзбекистон” massivи

жиззах, шароф рашидов тумани, “yangi ўзбекистон” massivи

Ayni paytda birinchi bosqich doirasida 204 xonadonli 4 ta ko‘p qavatli uy, markaziy qozonxona, shourum va ichki yo‘llar qurilgan. Yana 16 ta turar joy, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo markazi bunyod etiladi. “Inno texno park” aholini ish bilan ta’minlashda qo‘l keladi.

Ikkinchi bosqich 2026, uchinchisi 2028-yillarga reja qilingan. Bunda uylardan tashqari mahalla markazi, poliklinika, masjid, mehmonxona, bolalar va sport o‘yingohlari, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.

Davlat rahbari bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar qurib, imtiyozli ipoteka kreditlari orqali aholiga xarid imkoniyatini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shunga mutanosib ravishda infratuzilma tarmoqlari, maktab, bolalar bog‘chasi kabi ijtimoiy muassasalar qurilishini jadallashtirish, savdo va xizmatlarni, jumladan, yo‘l bo‘yida umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

жиззах, шароф рашидов тумани, “yangi ўзбекистон” massivи

Ma’lumot uchun, Jizzax viloyatida uchta shunday massiv barpo etilmoqda. Ularda 4700 xonadonga ega 156 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Aholi barcha ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlari qurish harakati prezidentning 2021-yil 9-dekabrdagi farmoniga muvofiq boshlangan. Umuman, mamlakatda 53 ta massivda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 14 400 ta xonadonli 409 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. 2024-yilda bunday massivlarda 31 447 ta xonadondan iborat 767 ta turar joy qurilishi belgilangan.