Jizzax viloyatining Arnasoy tumaniga Odil Olimovich Musanov hokim etib tayinlandi. Bu haqda 8-aprel kuni Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari 53-sessiyasida ma’lum qilindi.

U shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Xurshid Alimardonovning o‘rnini egalladi.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlab kelgan.