dayjest

Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.


dayjest

Yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga keldi (foto)

Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.


dayjest

DXX uch nafar mansabdorni pora olishda gumonlab, qo‘lga oldi

DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.


dayjest

Komiljon Karimov Vestminster universiteti rektorligiga qaytdi

Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.


dayjest

“Hokim topshiriq berdi”. Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari ishi tekshirilmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov qator rahbarlarga Open Budget uchun ovoz yig‘ishda sustkashlik qilganini aytib, ularni “noinsof” deb atadi. “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya ta’kidlagan Istamovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.


dayjest

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar tarmoqlardagi ekstremistik kontentlardan ogohlantirildi

Mart oyida Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingandi. Biroq ayblov tasdiqlanmagach, u qo‘yib yuborildi. Turkiyadagi bosh konsulxona ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik kanallarga kirmaslik, mutaassiblik ruhidagi nashida va ma’ruzalarni saqlamaslikni tavsiya qildi.


dayjest

Toshkent viloyatida 5-qavatdan qulab vafot etgan ayolning eri ushlandi

Bekobod tumanida eri bilan janjal vaqtida 5-qavatdan o‘zini tashlab vafot etgan ayolning eri ushlandi. Avvalroq uning qo‘shnilari ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgandi.


dayjest

Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi jarohatlandi

Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida “KamAZ” va 14 ta yengil avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi. Jarohat olgan 2 kishiga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hodisa katta tirbandlikni keltirib chiqardi.


dayjest

Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.


dayjest

Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorini olti qavatli qilish taklif etilmoqda

O‘zbekiston prezidentining aytishicha, xorijiy investorlar Yunusobod dehqon bozoriga 40 million dollar sarmoya kiritish va uni yer ostida ikki qavat, yer ustida olti qavatli bozorga aylantirishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor bir qavatli bo‘lgani uchun “dimiqib ketgan”.


dayjest

Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bolalar shoiri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. U bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. Vafotigacha Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.


dayjest

“O‘zsanoatqurilishbank"ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino quriladi — prezident

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank"ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurish reja qilinmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni bank rahbari kiritgan. Boshqa banklar rahbarlariga ham xuddi shunday loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


dayjest

Toshkent shahri planetariysiga ta’mirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov va xalq deputatlari kengashi tomonidan Toshkent shahri planetariysiga maketlar sotib olish, joriy ta’mirlash, yong‘in xavfsizligi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda kirish qismiga Planetariy so‘zini o‘rnatish uchun qariyb 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.


dayjest

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda.


dayjest

Toshkentning Gulbozor mahallasida turizm ko‘chasi ochildi

Prezident poytaxtning qadimiy qismida joylashgan, sayyohlik ko‘chasi barpo etilgan Gulbozor mahallasida bo‘ldi. Hudud kechayu kunduz faoliyat yuritishi va Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi"ning bir qismi bo‘lishi mumkin.


dayjest

Yunusoboddagi 14 ta davlat tashkiloti o‘rnida amalga oshiriladigan loyihalar uchun yirik developerlar taklif etiladi

Yunusobod tumanida 14 ta davlat tashkiloti 24,5 gektarni egallab turibdi. Bosh vazir va Toshkent hokimiga yirik developerlar uchun ularning o‘rnida savdo obyektlari qurish taklifini berish topshirildi. Shuningdek, Yevro-5 standartidagi mashinalar xarid qilishning yangi mexanizmlari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


dayjest

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida tayinlovlar amalga oshirildi

Abdurauf Abduqayumov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Odiljon Toxirov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Azamat Abduraxmanov agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshliq bo‘ldi.


dayjest

“Budjet taqchilligiga nisbatan ham fiskal qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi” — Timur Ishmetov

Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov budjet taqchilligi bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun fiskal qoidalarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek, yangi qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aytdi. “Bu yilgi asosiy masala — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash”, — dedi u.


dayjest

Tayvan zilzilalarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan?

3-aprel kuni Tayvanda so‘nggi 25 yilda eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Orolning zilzilalarga moyilligi bor, ammo ularning 23 mln nafar aholiga ta’sirini zilzilalarga ko‘rilgan tayyorgarlik sabab kamaytirish imkoni topilgan. Tayvan buni qanday uddaladi — Reuters, AP va National Post hikoyalari.


dayjest

Poytaxtda “Toshkent bahori” opera va balet festivali o‘tkaziladi

7−28-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlar, Italiya, Germaniya, Qozog‘iston va Rossiyadan taklif etilgan solistlar ishtirok etadi.


dayjest

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.


dayjest

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. Oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, onasi bilan uchrashildi va qiz yashash manziliga qaytarildi.


dayjest

NASA Oy uchun yagona vaqt standartini ishlab chiqadi

Oq uy AQShning NASA kosmik agentligiga Oy va boshqa samoviy jismlar uchun yagona vaqt standarti ishlab chiqishni topshirdi. Bu Oy atrofidagi kosmik kemalar va sun’iy yo‘ldoshlar uchun vaqt etaloni bo‘lib xizmat qiladi.