Toshkent shahrining Maxtumquli ko‘chasida joylashgan (sobiq “Tashselmash” bozoridan uncha uzoq bo‘lmagan) “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni shahar kengashi sessiyasida ma’lum qildi.

Aziz Akbarjonov.Aziz Akbarjonov.

Hozirgi kunda uch qavatli bank filiali 50 sotixga yaqin yerni egallab turibdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus bank boshqaruvi raisi Aziz Akbarjonov tomonidan ilgari surilgan.

“Akbarjonovning o‘zi 40 million dollar evaziga bank o‘rnida 21 qavatli bino qurib, birinchi to‘rt qavatida savdo-ko‘ngilochar kompleks, beshinchi qavatida bank, yuqori qavatlarida ofis va kvartiralar qurish, shuningdek, 4000 ta ish o‘rni tashkil qilish tashabbus bilan chiqdi. Mana Yunusobodda qanday loyihalarni qilish kerak”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev qolgan bank rahbarlari ham bundan o‘rnak olib, poytaxtdagi filiallari o‘rnida xuddi shunday loyihalar qilib, tadbirkorlar, ish o‘rinlari va tushumlarni ko‘paytirishi shartligini qayd etdi.