Toshkent shahri YHXB axborot xizmati 4-aprel kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi. “Gazeta.uz” avvalroq yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgani haqida yozgandi.

Boshqarmaning bildirishicha, soat 11:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida “KamAZ” tirkamali yuk avtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashina (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 2 ta Nexia, 1ta Cherry va 3 ta Lacetti) ishtirokida mazkur YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan shahar YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.