FIFA 4-aprel kuni terma jamoalar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 pog‘onaga yuqorilab, 64-o‘rinda qayd etildi.

Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (18-o‘rin), Eron (20), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (24), Qatar (34), Saudiya Arabiston (53) va Iroqdan (58) keyingi 8-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 15-fevraldan to 4-aprelgacha 10.08 FIFA ochkolarini jamg‘argan.

Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda. Kuchli o‘nlikda, shuningdek, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiya joy olgan.

O‘zbekiston so‘nggi oyda Jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Gonkong terma jamoasi bilan ikki marta (0:2, 3:0) mag‘lub etdi. Jamoa navbatdagi saralash o‘yinlarini iyun oyida Turkmaniston va Eronga qarshi o‘tkazadi.