3-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Shayxontohur tumani Gulbozor mahallasida ochilgan yangi turistik ko‘chada bo‘ldi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Gulbozor Toshkentning tarixiy qismida, Chorsu bozori yonida joylashgan. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy sayyohlar ko‘p keladi. Shu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslashtirildi. Ko‘cha va uylarda poytaxtning qadimgi ko‘rinishini saqlab qolgan holda qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

маҳалла, президент, шайхонтоҳур tumani, гулбозор маҳалласи, turizm, turizm halqasi

маҳалла, президент, шайхонтоҳур tumani, гулбозор маҳалласи, turizm, turizm halqasi

Hududda barcha kommunikatsiya tarmoqlari yer ostidan o‘tkazildi. Ko‘cha boshida tarixiy darvoza qayta tiklandi. O‘ymakor ustunli katta ayvon, unga yaqin joyda hovuz barpo etildi. Milliy kashtachilik va hunarmandchilik ustaxonalari, novvoyxona, milliy oshxonalar, zargarlik do‘konlari tashkil qilindi. “Non tarixi” va “Qadimgi Toshkentga sayohat” nomli ko‘rgazmalar ochildi. Uch yulduzli mehmonxona ham bunyod etilmoqda. U yerda 2670 nafar aholi yashaydi. “Xavfsiz hudud” tizimi joriy etilgan.

“Bu ko‘cha Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda sayyohlar qadimiylik va milliylik muhitini his etadi”, — deyiladi xabarda.

Prezident milliy kiyimlar va amaliy san’at mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi, ularni tayyorlayotgan hunarmand xotin-qizlar bilan suhbatlashdi, mahalladagi sumalak saylida ishtirok etdi. Ularni Ramazon kunlari bilan tabrikladi.

маҳалла, президент, шайхонтоҳур tumani, гулбозор маҳалласи, turizm, turizm halqasi

Davlat rahbari mutasaddilarga “turizm halqasi”ni davom ettirib, sohada bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Zamonaviy majmualar hamma joyda bor. Biz xorijiy sayyohlarni buyuk tariximiz bilan ko‘proq jalb etishimiz mumkin. Shuning uchun bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak. Bunday etnografik maskanlarni ko‘paytirish, milliy qadriyatlarimizni namoyish etish, turli festivallar o‘tkazish zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

20,7 km uzunlikdagi “sayyohlik halqasi”ni yaratish prezidentning o‘tgan yil iyundagi qarori bilan rejalashtirilgandi.