«turkiya» tegli maqolalar


Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 30 foizgacha oshirdi
21 sentabr 2023, 18:03

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 30 foizgacha oshirdi

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 500 bazis punktga — 30 foizgacha oshirdi. Bu regulyatorga yangi rahbar tayinlaganidan beri asosiy stavkaning to‘rtinchi marta oshirilishi hisoblanadi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida inflyatsiya ko‘rsatkichlari kutilganidan yuqori bo‘lgan.

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
7 sentabr 2023, 09:50

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 25 foizgacha oshirdi
24 avgust 2023, 17:57

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 25 foizgacha oshirdi

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 750 bazis punktiga — 17,5 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Mamlakat regulyatori inflyatsiya prognozining sezilarli yaxshilanishiga erishilgunga qadar zaruratga qarab pul-kredit siyosatini qattiqlashtirishda davom etmoqchi.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi
11 iyul 2023, 11:10

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri va Yevropa kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng buni tasdiqladi.

Turkiyani iqtisodiy inqirozdan muhofaza qilishga safarbar etilgan ayol — Hafize Erkan kim?
18 iyun 2023, 18:33

Turkiyani iqtisodiy inqirozdan muhofaza qilishga safarbar etilgan ayol — Hafize Erkan kim?

Turkiya Markaziy bankining tarixdagi ilk ayol rahbariga aylangan Hafiza Erkan dunyo bo‘ylab markaziy banklarni boshqarayotgan kam sonli ayollar qatoridan o‘rin oldi. Prinston bitiruvchisi va AQSh bank-moliya sohasida katta nufuzga ega bo‘lgan Erkan xonim o‘z faoliyatida ilk bor davlat sektorida ish boshladi.

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
18 iyun 2023, 10:28

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan va Andijon shaharlaridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi reyslar soni haftasiga 38 tadan 50 taga yetkaziladi.

Turkiya tarixida birinchi marta ayol kishi Markaziy bank raisi etib tayinlandi
9 iyun 2023, 17:13

Turkiya tarixida birinchi marta ayol kishi Markaziy bank raisi etib tayinlandi

Amerikaning First Republic Bank banki sobiq top-menejeri Hafize Erkan Turkiya tarixida Markaziy bank raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Erkan 2019-yildan beri bu lavozimga kelgan beshinchi odam hisoblanadi. Erdog‘anning bu qarori mamlakat pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi
3 iyun 2023, 10:53

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
29 may 2023, 10:02

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi
28 may 2023, 21:57

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli, tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Ovozlarni sanash hali yakuniga yetgani yo‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari g‘alaba qozongan.

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi
23 may 2023, 14:11

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi

Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi
3 may 2023, 09:34

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda unga bo‘lajak saylovda muvaffaqiyat tiladi. Erdog‘an ham O‘zbekiston rahbarini umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Mirziyoyev Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rdi — video
12 aprel 2023, 18:19

Mirziyoyev Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rdi — video

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi
31 mart 2023, 20:02

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi
25 mart 2023, 16:25

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi

Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.

TDT a’zolari kapitali $500 mlnlik Turkiy investitsiya fondini tuzdi, O‘zbekistonning ulushi — $100 mln
17 mart 2023, 16:26

TDT a’zolari kapitali $500 mlnlik Turkiy investitsiya fondini tuzdi, O‘zbekistonning ulushi — $100 mln

Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonning undagi ulushi 100 mln dollarga baholanmoqda.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida uy-joy, maktab va infratuzilma obyektlari qurib beradi — prezident
16 mart 2023, 17:46

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida uy-joy, maktab va infratuzilma obyektlari qurib beradi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida tashkilotning tizimli hamkorlik platformasi, shuningdek, Tabiiy ofatlar monitoringi markazini yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston Hatay viloyatining Ovakent tumanini qayta tiklashga ham yordamlashadi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidentini orden bilan taqdirladi
16 mart 2023, 09:38

O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidentini orden bilan taqdirladi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Anqarada prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi
14 mart 2023, 19:10

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi.

Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi
6 mart 2023, 11:18

Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi

Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting