Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlarini yer ag‘darish ishlariga majburiy jalb qilgani uchun shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri jarimaga tortildi.
15 martdan beri Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari manfaati yo‘lida sudlarga salkam 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi. Natijada 5,2 mlrd so‘mlik ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar undirildi, qolaversa, 398 ta shaxs intizomiy, 33 ta shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortildi. Murojaatlarning eng ko‘pi Andijon, Qashqadaryo va Navoiy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, SSV, Oliy ta’lim, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari tizimida ham o‘rganishlar olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tibbiyot xodimlariga hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishga taqiq olib tashlandi.
Prezident mahallada sog‘lom turmush tarzini tunu kun targ‘ib qilgan, bu borada shaxsiy namuna bo‘lgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun «Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etilishini ma’lum qildi. Qolaversa, tibbiyot xodimlari har chorakda mukofotlanishi aytildi.
Shavkat Mirziyoyev pensiyaga chiqqan shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bu dastlab Sirdaryoda, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etiladi. Buning uchun alohida klinika ochish talab etilmaydi, shifokor o‘z uyi yoki ijaraga olgan binosida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvga 25 mingta savol kelib tushgani, shundan 60 foizdan ko‘prog‘i shaxsiy savollar ekanligini ta’kidladi. «Nima uchun bu uchrashuv cho‘zildi? 85% muammolar avval hal qilindi. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz. Bilim bilan, vaqt bilan yechiladi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi ochiq muloqotni tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, SSV aholi va tibbiyot xodimlarining taklif, muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida maxsus «Call-markaz»ni ishga tushirdi.
2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida mast holda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Prezident farmoniga asosan respublika tibbiyot muassasalari rahbar va mutaxassislari og‘ir sharoitli tumanlarning tibbiyot birlashmalarida shartnoma asosida ishlaydi. Ularning asosiy ish joyidagi oyligi saqlanib qoladi hamda tuman tibbiyot birlashmasidagi lavozimidan ham maosh oladi. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarga 2021−2022 yillarda 10 mingtadan o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.
Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting