«Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 1 yanvardan olis va chekka hududlardagi mutaxassislarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • byudjet tashkilotlariga ishga kirgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida;
  • oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilingan shifokorlarga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Yordam puli va kompensatsiya daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.

Uy-joy uchun har oylik kompensatsiya mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 3 yil gacha to‘lanadi.