Sog‘liqni saqlash vazirining «Odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlariga «hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish» bo‘yicha ta’qiq olib tashlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 20 yanvardagi 34-buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlari hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishlari ta’qiqlangan edi. Ushbu buyruq bekor qilingan.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning amaldagi qonunlarida fuqarolarga hijob va boshqa diniy kiyimlarda yurish bo‘yicha cheklovlar mavjud emas.