Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan 27 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonunga [O‘RQ-827] asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, mazkur kodeks quyidagi mazmundagi norma bilan to‘ldirildi:

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.