«tabrik» tegli maqolalar


Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi
11 mart 2024, 22:01

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tabrigida ushbu oyda “xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” ishlari yanada ko‘proq bo‘lishini aytdi. “Yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi”, — dedi u.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
20 aprel 2023, 21:57

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Ramazon hayiti tabrigida vijdon erkinligini qaror toptirish, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etayotganini ta’kidladi. Joriy yilda cheklovlar olib tashlanishi tufayli 31 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Makka va Madinaga umra ziyoratiga bordi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini Respublika kuni bilan tabrikladi
25 oktabr 2022, 18:19

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini Respublika kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga mamlakatning milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidentiga mustahkam salomatlik, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, qozoq xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va ravnaq tiladi.

O‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifa — prezident
21 oktabr 2022, 10:12

O‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifa — prezident

Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr — davlat tili bayrami bilan o‘zbek xalqini tabrikladi. Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o‘zbekchalashtirish, o‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at hamda so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifadir, deya ta’kidladi prezident.

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
27 iyun 2022, 21:26

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrigida ular faoliyatiga to‘sqinliklar demokratik islohotlarga qarshi harakat sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi. «Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim», — dedi u.

Prezident — bitiruvchilarga: «O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda»
24 may 2022, 23:47

Prezident — bitiruvchilarga: «O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda»

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga qadam tashlayotganlari bilan tabrikladi. Prezident O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib borayotganini ta’kidlab, oldiga aniq maqsad qo‘ygan yoshlarning ko‘zlagan cho‘qqilarga erishishlariga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi
15 may 2022, 11:07

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni BAA prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi
15 mart 2022, 13:58

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

Prezident: O‘qituvchilar va ziyolilar — Uchinchi Renessansning tayanch ustunlari
30 sentabr 2021, 02:10

Prezident: O‘qituvchilar va ziyolilar — Uchinchi Renessansning tayanch ustunlari

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va murabbiylarga tabrigida ta’lim sohasining asosiy vazifalaridan biri «faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat’iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat» ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi
19 iyul 2021, 19:50

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklab, pandemiya sharoitida diniy ibodatlarni uy sharoitida ado etish xalq hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan eng to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi
12 oktabr 2020, 17:26

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev
12 avgust 2020, 15:30

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
10 avgust 2020, 14:49

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting